Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

«Spartak» O‘runovni sotib olib, darhol uni Bundesliga jamoasiga sotishi mumkin!

«Spartak» O‘runovni sotib olib, darhol uni Bundesliga jamoasiga sotishi mumkin!

Baho:
+ | -

«Ufa» yarim himoyachisi Oston Urunov 4 avgust, seshanba kuni «Spartak» bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 19 yoshli futbolchi kecha tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va hozirda klub qarorgohida bo‘lib turibdi.

Rossiyalik jurnalist Ivan Karpov tarqatgan xabarga ko‘ra, voqealar rivojining boshqacha varianti ham mavjud. «Spartak» bosh direktori Shamil Gazizovning qo‘lida Bundesliga klubidan O‘runovning transferi borasida 5 million yevrolik taklif mavjud. Moskvaliklar o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolagan zahoti Ostonni nemis klubiga sotib yuborishi mumkin. O‘runovga qiziqish bildirgan Bundesliga klubining nomi hozircha oshkor qilinmadi.

Odatda FIFA bunday transferlarni taqiqlaydi. Ammo koronavirus pandemiyasi paytida FIFA bir mavsum davomida futbolchining 3ta klub safida ro‘yxatdan o‘tishiga ruxsat berdi.

Qo‘lga kiritiladigan 5 million yevroning 20 foizi, ya’ni 1 mln yevro «Ufa»ga to‘lab beriladi. Soliqlar, agentlar haqi va boshqa xarajatlar uchun yana 1 mln yevro sarf bo‘ladi. «Spartak» esa atigi bir necha kun ichida 3 mln yevro ishlab oladi.

Agar "qizil-oqlar" pulga muhtoj bo‘lmasa, o‘zbekistonlik futbolchi Rossiya chempionatida qolishi ham mumkin. Shamil Gazizov «Spartak» orqali Ostonning transfer narxini ko‘tarib, uni keyinchalik sotishi mumkin.

Manba: www.sportsdaily.ru
Kiritildi: 16:35, 04.08.2020.
O'qildi: 12676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик