Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona
08/02 00:45 Fiorentina - Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad - Elche
08/02 16:30 Bolonya - Parma
08/02 18:00 Alaves - Xetafe
08/02 19:00 Lechche - Udineze
08/02 19:00 Brayton - Kristal Pelas
08/02 20:15 Atletik Bilbao - Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis

Klopp “Liverpul”ning transferidan mamnunmi?

Klopp “Liverpul”ning transferidan mamnunmi?

Baho:
+ | -

Angliyaning “Liverpul” jamoasi ustozi Yurgen Klop Kostas Simkasning transferi haqida o‘z firklari bilan o‘rtoqlashdi.  “Liverpul” rasmiy nashri tomonidan e’lon qilingan intervyuda nemis mutaxassisi ushbu transferdan asosiy maqsad va yangi futbolchining imkoniyatlari haqida muxlislarga ma’lumot berib o‘tdi.

“O‘ylashimcha, uning ruhiy holati bugungi “Liverpul” uchun juda mos. Uning hazilkash yigit ekanligini inobatga olsak, ichki muhitga ham tezda kirishib ketishi turgan gap.

Ochig‘i, Kostasni anchadan beri kuzatib yurgan edik. Uning transferini qo‘lga kiritganimizdan juda xursandmiz. Bu jamoamiz muxlislari uchun yaxshi yangilik bo‘ldi deb hisoblayman.

E’tiborlisi shundaki, unda chinakam jangchilarga hos harakter mavjud. Kostas 90 daqiqa davomida tinmay kurashga kirishishi, g‘alaba yo‘lida hech narsadan qo‘rqmay oldinga intilishi mumkin. Bundan tashqari, Kostasning raqobatga chidamli ekanligi kelajakka ishonch bilan boqishga undamoqda.

Sizga bir sirni ochaman! U allaqachon kiyinish honasida do‘stlar ortirishga ulgurdi. Bu yaxshilik alomati.

Simkasni anchadan beri kuzatamiz. U yosh bo‘lishiga qaramay, allaqachon  APL darajasiga chiqishga ulgurgan. “Olimpiakos” jamoasidagi ishonchli o‘yinlari sababli, mavsum so‘nggida u sovrinnin boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu transfer oldidan biz Simkasning grand jamoalarga qarshi YECHL uchrashuvlardagi harakalarini o‘rganib chiqdik. Kostas raqib kuchli bo‘lishiga qaramay, futboldan lazzat olish uchungina oldinga tashlanganini ko‘rdik.

Bu aynan bizning mentalitetimizga mos futbolchi! Shu sababli, uni yaqin yillar ichida tarkibimizda bo‘lishi shaxsan mening kayfiyatimni ko‘tarmoqda. Umid qilaman-ki, tez orada bu transferdan barcha “Liverpul” muxlislari  quvonishadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 16:47, 11.08.2020.
O'qildi: 7398 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.