Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/01 22:30 Kristal Pelas 1-1 Fulhem
01/01 22:30 Liverpul 0-0 Lids
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari - Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano - Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal

Ulug‘bek Aknazarov: «Timur Kapadzega katta rahmat, u kishi menga ishonch bildirdi»

Ulug‘bek Aknazarov: «Timur Kapadzega katta rahmat, u kishi menga ishonch bildirdi»

Baho:
+ | -

“Navbahor” jamoasining kelajagi sifatida qaralayotgan 2001 yilda tavallud topgan  mahoratli yarim himoyachi Ulug‘bek Aknazarov 1,5 yillik tanaffusdan so‘ng yana yoshlar terma jamoasiga jalb qilindi.

Ayni paytda Timur Kapadze murabbiylik qilayotgan O‘zbekiston – U-19 yoshlar terma jamoasining Chig‘atoydagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etayotgan hamda mazkur jamoaning O‘zbekiston milliy terma jamoasi va "Buxoro" klubiga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushgan futbolchi bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

— 2019 yili gepatit-S kasalligiga chalinganligim uchun yil boshida davolanishga majbur bo‘ldim, — deya o‘z so‘zini boshladi Ulug‘bek Aknazarov. — O‘shanda Qrimda “Navbahor”ning asosiy tarkibi a’zolari bilan shug‘ullanib qaytgandim. Afsuski, ta’kidlaganimdek, gepatit-S xastaligiga chalinganim sababli, davolanib, 1 yil vaqtimni o‘tkazib yubordim. Ayni paytda hammasi yaxshi. O‘zbekiston U-19 yoshlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Timur aka Kapadzega menga yana bir marotaba imkoniyat berganliklari uchun katta rahmat. Endi bor e’tiborimni mashg‘ulotlarga qarataman.

— Yana yoshlar terma jamoasi tarkibiga jalb etilishingizga umid qilyapsizmi?
— Yoshlar termasida 30 nafardan ortiq futbolchi bor. Raqobat kuchli. Jaloliddinov va Erkinov haqida ortiqcha aytib o‘tirish shart emas. Mendagi asosiy muammo, Osiyo chempionatiga yaqin qolganidagina terma jamoaga jalb etilganim bo‘ldi.Ishqilib kech qolmagan bo‘lay. Xursand qilgani, bosh murabbiyimizning qo‘llab-quvvatlashi. Birinchi marotaba tanishgan odam uchun bu juda muhim. Eng qizig‘i, men ham Timur aka kabi tayanch yarim himoyasida o‘ynayman. Shuning uchun ulardan o‘rganadigan narsalarim ko‘pligini tushunib turibman.

Yoshlar terma jamoasining keyingi yig‘iniga jalb etilamanmi yoki yo‘qmi, bu murabbiy hal etadi. Lekin menga ishonch bildirishsa, uni oqlash, terma jamoa sharafini qo‘limdan kelganicha, himoya qilishga va’da beraman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 19:24, 11.08.2020.
O'qildi: 3062 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.