Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Jamshid Saidov: «Qisqa muddatda o‘yinga tayyorlanib, «Bunyodkor»dan ochko oldik»

Jamshid Saidov: «Qisqa muddatda o‘yinga tayyorlanib, «Bunyodkor»dan ochko oldik»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor» jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng «Bunyodkor» bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Birinchi navbatda maydonda harakat qilgan yigitlarga rahmat aytmoqchiman, ular o‘zlariga yuklatilgan barcha vazifalarni 100 foiz to‘laqonli bajarishdi.

Bugun tarkibimizda ko‘proq yoshlar maydonga tushishdi, ayrimlari hatto birinchi marta asosiy tarkibda harakat qilishdi. Men o‘yin uchun ulardan judayam minnatdorman.

Bizda ushbu o‘yinga tayyorlanish uchun vaqt yetishmadi, bilasiz jamoamizda bir qator futbolchilarimiz karonavirusga chalinib davolanish jarayonini o‘tkazishdi. Shu sababli to‘liq tarkib bilan tayyorlanish uchun muammolar paydo bo‘ldi. Lekin biz «Bunyodkor» jamoasining qanday harakat qilishini, futbolchilarining nimalarga qodirligini yaxshi bilar edik. O‘ylashimcha, qisqa muddatlarda o‘yinga tayyorgarlik olib borib, bugun «Bunyodkor»dan ochko olishga muvaffaq bo‘ldik.

Chempionatning 3-turidan so‘ng, pandemiya sababli o‘yinlar noma’lum muddatlarga qoldirilgan edi. Jamoamizning legioner futbolchilari bu davrda, o‘z mamlakatlariga uchib ketishgan, afsuski ular ma’lum sabablarga ko‘ra yurtimizga qaytishmadi.

Jamoa rahbariyati ular bilan shartnomani bekor qilish uchun muzokara olib borib, ikki tomonning roziligi bilan legionerlar bilan do‘stona ravishda xayrlashib, shartnomani bekor qilishga erishildi", — dedi Saidov.

Manba: https://t.me/buxoropfc
Kiritildi: 22:21, 14.08.2020.
O'qildi: 1985 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.