Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

YECHL. Sensasiyalar davom etadi: «Lion» — yarim finalda!

YECHL. Sensasiyalar davom etadi: «Lion» — yarim finalda!

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasida so‘nggi yarim finalchining nomi aniq bo‘ldi. Fransiyaning "Lion" klubi chorak finalda sensasion tarzda «Manchester Siti»ni mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Fransiyaliklar uchrashuvning 24-daqiqasida uyushtirilgan hujumdan o‘ta samarali foydalanishdi. Oldinga chiziqqa yetkazilgan uzatmani Toko-Ekambi egalladi, ammo markaziy himoyachi Erik Garsiya "podkat" orqali to‘pni qaytardi. O‘sha joyda paydo bo‘lgan Korne darhol zarba berib, darvozani ishg‘ol qildi.

"Lion" gol urib olganidan keyin himoyada mustahkam harakat qila boshladi. "Shaharliklar"ning urinishlari 69-daqiqada o‘z samarasini berdi. Sterling chap tomondan jarima maydoniga kirdi va bir himoyachini aldab o‘tib, ortdan kelayotgan De Bryuynega uzatma berdi. Kevin esa aniq zarba bilan hisobni tenglashtirdi.

Hisob tenglashgach, fransiyaliklar faollikni oshirishdi va yana oldinga o‘ta boshlashdi. Zaxiradan maydonga tushgan Mussa Dembele o‘yin so‘ngida 2ta gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. "Siti" futbolchilari maydon markazida to‘pni yo‘qotishdi va qarshi hujum tashkil qilishdi. 79-daqiqada Mussa darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va darvozani ishg‘ol qildi.

Uchrashuvning 85-daqiqada Rahim Sterling o‘ziga dumalab kelgan to‘pni atigi 4 metrdan bo‘sh qolgan darvozaga joylay olmadi — to‘p yuqoriga ko‘tarilib ketdi. "Sen urmasang — senga urishadi" qoidasi ishga tushdi hamda 87-daqiqada Dembele o‘zining ikkinchi golini urdi. Auar yo‘llagan zarba natijasida Ederson to‘pni qo‘lidan chiqarib yubordi. Mussa esa to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi, hamda darvozani ishg‘ol qildi — 1:3!

Shu tariqa, "Lion" hech kutmaganda yarim finalga yo‘l oldi. Jamoa final yo‘llanmasi uchun "Bavariya"ga qarshi maydonga chiqadi.

Yevropa chempionlar ligasi, chorak final
Manchester Siti Angliya – Lion Fransiya 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar: 0:1 – 24 Korne, 1:1 – 69 de Bryuyne, 1:2 – 79 Dembele, 1:3 – 87 Dembele.
Manchester Siti – Ederson, Joau Kanselu, Uoker, Laport, Erik Garsiya, Fernandinyo (Marez, 56), Rodri Ernandes (Silva, 84), de Bryuyne, Gyundogan, Sterling, Gabriel Jezus.
Lion – Antoni Lopesh, Marselo, Marsal, Denayer, Dyubua (Tete, 74), Kakre, Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 70), Auar, Korne, Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 87), Depay (Dembele, 75).
Ogohlantirishlar: Dyubua (12), Fernandinyo (29), Rodri Ernandes (58), Marselo (64).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:00, 16.08.2020.
O'qildi: 6111 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.