Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Kontega Messi kerakmi?

Kontega Messi kerakmi?

Baho:
+ | -

Kecha “Tvitter”da, Messi “Inter”ga o‘tmasa ham mayli, “Barselona”da qolaversin, deb yozgan edim. Messi “Inter”ga o‘taman debdi-yu, sen o‘zingcha noz qildingizmi, deyishga shoshilmay turing. Tan olaman, o‘zim ham shu gapni sal tushunarsizroq yozibman. Quyida tushuntirishga harakat qilib ko‘raman.

Gapning avvalida aytib qo‘yay, 2020 yil yoziga kelib “Inter” dunyoning eng kuchli futbolchisiga da’vogarlik qiladigan darajaga yetgani, klub muxlisi sifatida, albatta, meni xursand qiladi. Bundan 2-3 yil avval klub bosh yulduzi Mauro Ikardi edi. Messi tugul bugun “Inter”da to‘p surayotgan Lukaku, Eriksen yoki Sanches kabi futbolchilarning kelishiga ishonish ham qiyinroq masala edi.

Messi “Inter”ga kelmasayam mayli, deyishimning yagona sababi – klubning hozirgi bosh murabbiyi Antonio Konte. U tarkibga qarab moslashadigan emas, o‘zining g‘oya va sxemalariga mos tarkib talab qiladigan murabbiy hisoblanadi. “Kontening sxemalariga Messi mos tushadimi?”, “Konte Messiga maydondan joy topib bera oladimi?”, “Messi Konte aytgan “qora ishlar”ni qilishga ko‘nadimi, ko‘nsa eplay oladimi?” kabi boshimda aylanayotgan savollarning aksariyatining javobi salbiy bo‘ladigandek tuyulyapti. Qolaversa, Konte xarakteri og‘ir murabbiy va “Barselona” degan olamning markazi bo‘lib o‘rganib qolgan Messining erkalik va injiqliklarini ko‘taradimi, yo‘qmi, bu ham mavhum.

Aytmoqchimanki, “Inter” Messi uchun poygaga faqat bosh murabbiy roziligi bilan qo‘shilishi kerak. Messining transferi, shunchaki, marketing uchun yoki “Suning Group” rahbarlarining, ko‘rib qo‘yinglar, kerak bo‘lsa Messini olib kelishga qodirmiz, deyishi uchun bo‘lmasligi kerak.

Manba: https://t.me/beneamatauz
Kiritildi: 11:58, 16.08.2020.
O'qildi: 8072 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик