Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

149 soniya, ayanchli «Barselona» va boshqa o‘yinlar haqida

149 soniya, ayanchli «Barselona» va boshqa o‘yinlar haqida

Baho:
+ | -

Stadion.uz YECHL chorak final uchrashuvlari haqida fikr almashadi.

“BARSELONA” – “BAVARIYA”

74 yildan beri “Barselona” bu qadar yirik hisobda mag‘lub bo‘lmagan edi. Faqat uzoq 1946 yildagina klub “Sevilya”ga kubok uchrashuvida 0:8 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi. Afsuski, “Bavariya”dan qabul qilingan mag‘lubiyat kamida 10 yil davomida “Barselona”ni ta’qib qilishi turgan gap.

E’tiborlisi shundaki, so‘nggi 14 yil ichida ilk bor Yevropa chempionlar ligasi yarim finali Messi yoki Ronaldusiz o‘tadi. Musobaqaning eng yaxshi to‘purarlari 14 yil ichida ilk bor musobaqani chorak finalda yakunlashga majbur bo‘lishdi. Ronaldu “Lion”ga qarshi bir o‘zi kurashgan bo‘lsa, Messi “Bavariya” oldida ojiz qoldi.

Flik “Bavariya” boshqaruviga kelgach, ikkinchi yirik hisobdagi g‘alabasini tantana qildi.

Germaniya terma jamoasi Braziliya ustidan 7:1 hisobida g‘alaba qozonganida ham Flik murabbiylar shtabida mavjud edi. O‘sha mundialda qahramonimiz raqiblarning o‘yinini o‘rganishga mas’ul etilgan mutaxassis sifatida Germaniyaning chempionligiga o‘z hissasini qo‘shgan edi. Flik ijrosidagi ikkita yirik hisobdagi g‘alabalarda Noyer, Boateng va Myullerishtirok etgan.

Eng kulgulisi shundaki, agar Koutino “Bavariya” safida Yevropa chempionlar ligasida zafar quchsa, “Barselona” “Liverpul” hisobiga 5 million yevro o‘tkazib beradi.

“MANCHESTER SITI” – “LION”

Aslida, Pep Joze singari 8 bor YECHL yarim finalida ishtirok etgan murabbiylar qatoriga qo‘shilishi mumkin edi, biroq, kutilmaganda, “Lion” uning rejalarini barbod qildi. Qahramonimiz so‘nggi bor musobaqaning finalida 2010/11-yildagina bo‘lgan xolos. Keyinchalik, “Bavariya” va “Manchester Siti” singari top-klublarda faoliyat olib borgan bo‘lsada, YECHL unga bo‘ysunishni istamayapti.

E’tiborlisi shundaki, YECHLda qatorasiga 4-bor yarim finalda kutilmagan ishtirokchi paydo bo‘lmoqda. Bu mavsumdagi yarim finalchilardan faqat “Bavariya” hech kimni hayron qoldirmadi xolos. O‘tgan mavsumda esa, “Ayaks” va “Tottenhem” kutilmaganda yarim finalda ko‘rinish bergan edi. Undan avvalroq “Roma” o‘z tarixida ilk bor musobaqaning kuchli to‘rtta klubidan biriga aylangan va “Liverpul”ga mag‘lub bo‘lgan edi. 4 yil avval esa, “Monako” “Lion” singari yarim finalga “Manchester Siti”ni mag‘lub etib etib kelgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagani aniq.

Eng ajablanarlisi shundaki, YECHL tarixida ilk bor yarim final uchrashuvlari ingliz va ispan klublarisiz o‘tkaziladi. Bunaqasi faqat Yevropa chempionlar kubogida 1991-yilda so‘nggi bor amalga oshgan bo‘lib, o‘shanda “Srvena Zvezda” finalda “Marsel”dan ustun kelgan edi.

PSJ – “ATALANTA”

149 sekundgina “Atalanta”ni yarim finalga yo‘l olishdan ajratib turgan edi. Kutilmaganda, 1999-yildagi YECHL final uchrashuvi yana takrorlandi. Markinyos va Shupo-Moting katta sanhaga chiqdi va vaziyatni tubdan boshqa tomonga burib yubordi.

25 yil davomida Parij klubi yarim finalda to‘p surmadi. Bundan chorak asr avvalroq, PSJ tarkibida Jenola, Vea, Rai va Fernandes singari yulduzlari bilan yarim finalga yetib kelgan edi. Afsuski, ularni “Milan” ikkita uchrashuvda (1:0, 2:0) mag‘lubiyatga uchratib final ostonasida to‘xtatgan edi. Finalda esa, yosh “Ayaks” jamoasi “Milan”ni dog‘da qoldirgancha chempionlikni ilib ketadi.

Endi uchrashuvga qaytamiz. O‘yinni bezab bergan omil sifatida qo‘rmasdan Neymarning 16 bor amalga oshirgan driblingini ko‘rsatish mumkin. Braziliyalik futbolchi 2008-yilda Messi va 2003-yilda Zanetti amalga oshirgan tryukni qaytardi va YECHL tarixidan o‘rin egalladi.

Parij klubi Yevropa Chempionlar Ligasi musobaqasida qatorasiga 33 ta o‘yindan beri gol kiritishni uddalamoqda. Vaholanki, parijliklarning raqiblari anoyi klublar emas. Bu boradagi rekord “Real”ga tegishli, biroq agar “Leypsig” darvozasi ham ishg‘ol qilinsa, PSJ bu borada ham mutlaq rekord o‘rnatadi.

ATLETIK” – “LEYPSIG”

Bu mavsumda YECHL finalida kamida bitta klub debyut qilishi aniq. O‘tgan mavsumda bu ishni “Tottenhem” amalga oshirgan edi.

33 yoshli murabbiy – Yulian Nagelsman Yevropa chempionlar ligasining yarim finalida ko‘rinish beradi. Bundan tashqari, bu musobaqaning kuchli to‘rtta klubini boshqarib borayotgan murabbiylarning uchtasi nemis mutaxassislari sanaladi.

AQSHlik futbolchi chorak finalda gol kiritdi. Bu ko‘plab muxlislar tomonidan iliq qabul qilindi. 21 yoshli Taylor Adams “Red Bull”dan “RB Leypsig”ga o‘tdi va o‘z faoliyatini tiklab oldi. Nagelsman uni o‘zining universal soldatiga aylantirdi. Aynan Adams ishonch kreditlarini to‘liq oqladi va “Atletik” ustidan g‘alaba qozonishga o‘z goli bilan yordam berdi. E’tiborlisi shundaki, uning jamoasi tashkil topganiga endigina 11 yil boldi, biroq klub YECHL yarim finaliga qadar yetib kelmoqda. Shunchaki fantastik ko‘tsatkich!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:54, 17.08.2020.
O'qildi: 7814 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.