Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

Shoir-murabbiylar

Shoir-murabbiylar

Baho:
+ | -

Setyen ketdi. U qayerga boradi? U bilan kim qiziqardi, to‘g‘rimi? Aslida, Kike jahon futbolidagi noyob insonlardan biri ekanini futbolning ichida yurgan daqiq insonlar yaxshi bilishadi.

Shoirlarga amal berilsa, ijodi o‘ladi, deyishadi. Men Setyen, Sarri va Byelsa kabi “futbol jinnilari”ni, futboldan boshqa narsani bilmay telbalarcha ishiga sho‘ng‘iydigan noyob murabbiylarni top-klublar ko‘p holda buzib qo‘yishiga o‘xshataman.

Ha, ba’zilari ishlab ketadi. Inovator murabbiylarning ba’zilari ishlab ketganini ko‘rganmiz. Ishlab ketganlarining aksari VAQTIDA kelganlari. Gvardiola - yorqin misol. Setyen va Sarri birinchidan vaqtida kelmadi, ikkinchidan, ularga o‘z ixtiyorida ishlashga imkon bermaydigan klublarga kelishdi. Ikkita to‘siqni yengib o‘tishga ular dosh bera olishmadi. Chunki bu o‘rinda uchinchi masala ko‘ndalang bo‘lib chiqib keldi – hali bunaqa katta joylarda ishlashmagani...

Ular ham inson, nafsi bor, bir orzu qilib qo‘yishadi va orzulari qaratilgan katta shaharga labbay deb kelishadi. Aslida ular kelayotgan “katta oxur” butkul boshqa talabni qo‘yishini, natija deb atalmish qo‘rqinchli buyruq asosida ishlashlarini bilishadi, lekin orzu orzu ekan-da, deb kevorishadi. Va... birinchi aybdorga aylanadilar.

Top-klublardan Maur, Anchelotti va Zidan kabi keyinchalik o‘z ishlarini topib oladigan natijaga ixtisoslashgan va shaxsiyati katta insonlar ishdan ketishsa, uncha achinmayman. Ammo mana bunaqa – futbolning yashil maydondagi qismi bilan yashaydigan, uyog‘ini bilmaydigan ham, bilishni istamaydigan “botanik” murabbiylar iste’foga chiqarilsa, jahlim chiqadi. Chunki ularni aybdor qilishdan osoni yo‘q dunyoda. O‘zlari ham aybdorman deb o‘ylayverishadi.

Endi Setyenga ishonisharmikan? “Betis”da amalga oshirgan ishi haqiqiy, sof futbolning go‘zalligi bo‘lganini esga olisharmikan yo 2:8ning sababchisi sifatida ko‘risharmikan?

Ko‘ramiz, futbol qaysi tomonga qarab ketyapti: Kike tanaffusdan so‘ng bo‘lsa ham Byelsa kabi qayta olsa va nimanidir isbotlashga tushsa (isbotlashi aniq!), hali yashil maydonda his-tuyg‘ular yashayapti, deb hisoblayman. Aks holda, kechirasizlar...

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 15:30, 18.08.2020.
O'qildi: 2989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.