Fransiyalik himoyachi Malang Sarr faoliyatini «Barselona» klubida davom ettirishi mumkinligi haqida Ispaniya matbuoti xabar bermoqda. Klub sport direktori Erik Abidal futbolchi bilan suhbatlashishga ulgurdi.
Sarrning so‘nggi jamoasi «Nissa» bo‘ldi va u klubni erkin agent sifatida tark etdi.
Avvalroq, bu futbolchiga Rossiyaning «Zenit» klubi ham qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.