Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Yuve” hujumchi izlamoqda

Turinning “Yuventus” jamoasi Londonning “Arsenal” klubi hujumchisi Aleksandra Lyakazet bilan shartnoma tuzish niyatida.

“La Stampa”ning ma’lum qilishicha, “Yuve” sport direktori Fabio Paratichi 29 yoshli futbolchining transferi borasida muzokaralar o‘tkazish maqsadida Londonga uchib keldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Yuventus” hujumchi uchun 40 million yervo sarf qilishga qaror qilgan.

Miranchuk “Atalanta”da?!

“Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk faoliyatini “A Seriya”da davom ettirishga juda yaqin turibdi.

“Calciomercato"ning ma’lum qilishicha, 24 yoshli yarim himoyachi bilan “Atalanta” jamoasi judda jiddiy qiziqib qolgan va bu transfer tez orada amalga oshadi.  

Manbaning ma’lum qilishicha, “temiryo‘lchilar” ushbu transferning ortidan 20 million yevro ishlab olishni reja qilgan.

“Lion” Temmini nishonga oldi

Fransiyaning “Lion” klubi transfer huquqi “Monako”ga tegishli bo‘lgan Temmi Bakayoko bilan shartnoma imzolashi mumkin.

“Takefoot” nashrining ma’lum qilishicha, 26 yoshli yarimhimoyachini  “taqachilar” qo‘lga kiritish uchun 25 milliondan voz kechishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Bakayoko bilan shuningdek “Milan” jamoasi ham jiddiy qiziqib qolgan. London klubi, qaysi klub moliyaviy yaxshi taklif yuborsa, o‘sha klubga ijobiy javob berish niyatida.

“Everton” nishonida kimlar?

Angliyanning “Everton” klubi yozda bir yo‘la uchta futbolchi bilan shartnoma imzolashni niyat qilgan.

“Sky Italia”ning ma’lum qilishicha, “irislar” Allesandro Florensi (Roma), Abdulaya Dukare (Uotfurd) va Allan (Napoli)  bilan shartnoma imzolashni reja qilgan.

“Daily Mail" bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Everton” bu mavsum oldidan transferlar uchun 80 million yevro sarf etishni niyat qilgan.

Smolov qoladimi?

Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi hujumchi Fedor Smolov faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

“Takvim"ning ma’lum qilishicha, “Fenerbahche” jamoasi Smolovni qo‘lga kiritish uchun uni bir mavsumga sotib olish sharti bilan ijaraga olmoqchi.

Turk klubi Smolovga yiliga 1,5 million yevro maosh to‘lash niyatida.

Eslatib o‘tamiz, “Fenerbahche” klubi o‘z hujumchisi Vedat Murikini “Lasio”ga 19 million evaziga sotib yuborish arafasida. Aynan Fedor Istanbulda Vedatning o‘rnini egallashi kutilmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 10:00, 19.08.2020.
O'qildi: 12464 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик