Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

“Bavariya”ning ishonchli g‘alabasi haqida murabbiylar qanday fikrda?

“Bavariya”ning ishonchli g‘alabasi haqida murabbiylar qanday fikrda?

Baho:
+ | -

Stadion.uz tunda bo‘lib o‘tgan “Bavariya” va “Lion” (3:0) klublari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng, jamoa bosh murabbiylari va o‘yin qahramoni tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashadi.

Rudi Garsiya :

“Aslida, uchrashuvda biz hisobda oldinda borishimiz kerak edi. Afsuski, Gnabrining fantastik o‘yini evaziga “Bavariya” bu ishni amalga oshirdi. Taqdir bizga nohaqlik qilgandek tuyulgan bo‘lsada, biz ruhan “sinmadik” va ikkinchi bo‘limda ham oldinga intildik.

Tanaffusdan so‘ng, biz butun maydon bo‘ylab harakat qildik va imkoniyatlar yaratdik. Noyer jamoasini har safar goldan qutqarib qolaverdi.

Bugungi uchrashuvda “Bavariya”ga oson bo‘lmagani aniq. Menimcha, ular ayni damda bizni mag‘lub etishganidan juda xursand bo‘lishsa kerak. Uchrashuv oldidan yaqqol fovorit statusida harakat qila turib g‘alaba qozonish juda mushkul.

Xans-Ditter Flik :

“Tashqaridan kamtarin ko‘ringan raqib, yarim finalga qadar “Yuventus” va “Manchester Siti” jamoalarini musobaqadan chiqarib yuborgan edi. Tan olish lozim, jamoa taktik tomondan juda kuchli ekanligini birinchi bo‘limda namoyish etdi va bizga juda ko‘p muammolar taqdim etdi.

Biz uchrashuv oldidan himoyalanishda va to‘pni o‘zimizda ushlab turishda raqiblardan bir qadam oldinda bo‘lishimiz lozim edi. Afsuski, birinchi bo‘limda bu ishni uddalay olmadik. Raqib bunga imkon bermadi.

Endilikdagi raqibimiz PSJ haqida ham iliq fikrlar bildirishim mumkin. Ular ham biz singari yarim final va final yo‘llanmasi uchun o‘yinlarda iroda namoyish etishdi. Berkitib o‘tirmayman, ularning o‘yinidagi ayrim aspektlarni kuzatib boryapmiz. Finaldagi raqibimizning asosiy quroli tezkor futbolchilar.

Final uchrashuvida o‘z himoyamizni uyushqoq tarzda tashkil etishga harakat qilamiz. G‘alaba qozonish uchun, o‘z qurolimizni ishga solamiz. Bizning qurolimiz nimada? Albatta, 90 daqiqa davomida raqibga bosim o‘tkazishda!

Serg Gnabri :

“O‘yinning birinchi daqiqalaridanoq kuchli raqibga qarshi maydonda to‘p surayotganimizni his etdik. Vaziyat ancha chigal edi, biroq men qulay vaziyatdan gol kiritdim. Aynan shu gol bizga ishonch bag‘ishladi va o‘yinning so‘nggi daqiqalariga qadar ushbu ustunlikni qo‘ldan chiqarib yubormadik.

Avvaliga, bizni Noyer qutqardi. Keyinroq darvoza ustuni va to‘sini yordamlashib yubordi. Taym yakunida tabloda ikki to‘p farqi namoyon edi.

Ikkinchi bo‘limda esa, Robert uchinchi golni kiritdi va o‘yindagi barcha savollarni olib tashladi. Endilikda, maqsadimiz chempionlik. “Bavariya” bu chempionlikka bu mavsumda loyiq!”

Alfonso Devis:

“Mening orzularimdan biri amalga oshdi. YECHLda to‘p surdim va musobaqaning finaliga qadar yetib bordim.

Finalda ekanligimiz barcha futbolchilarga ajoyib kayfiyat bag‘ishlamoqda. Aslida, jamoadoshlarim qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga ega chiqqan, biroq ular ham final uchrashuvini kutishmoqda. Ular bu musobaqada g‘alaba qozonish uchun barchasi tayyor.

PSJ ajoyib jamoa. Bugun biz biroz o‘ylab olamiz, ertadan final uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz. O‘ylashimcha,ajoyib to‘qnashuv bo‘ladi. Bunday o‘yinlar esa, golsiz o‘tmaydi.

Dunyodagi istalgan futbolchi uchun Yevropaning eng kuchli klubi safida YECHL finalida to‘p surish katta sharaf. Bu “Bavariya” jamoasi va u hamma narsaga qodir!

Manba: RMC Sport
Kiritildi: 10:25, 20.08.2020.
O'qildi: 5383 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.