Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

YECHL. Final! «PSJ» - «Bavariya». Birinchi taym — super, ammo gollar yo‘q

YECHL. Final! «PSJ» - «Bavariya». Birinchi taym — super, ammo gollar yo‘q

Baho:
+ | -

Yevropa chempionlar ligasining finalida bo‘lib o‘tayotgan Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" va Germaniyaning "Bavariya" klublari o‘rtasidagi o‘yinning birinchi bo‘lim yakunlandi.

Kutilganidek, myunxenliklar jamoaviy o‘yinda ustunlik qilayotgan bo‘lishsa, parijliklarning hujum chizig‘i vakillari individual mahorat va bir-birlarini yaxshi tushunishlari evaziga raqibni qiyin ahvolga tushirib qo‘yishmoqda.

Xo‘sh, birinchi bo‘lim davomida "PSJ" golga tortadigan 3ta vaziyat yaratdi: Neymarning zarbasini Noyer qaytardi, Di Mariyaning zarbasiga aniqlik yetishmadi, Mbappe esa yaqin masofadan kuchli zarba bera olmagani uchun posbon to‘pni egallab oldi.

"Bavariya" esa 2ta golga tortadigan vaziyatni yuzaga keltirdi: Levandovskining birinchi zarbasidan keyin to‘p ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, ikkinchi vaziyatda bosh bilan berilgan zarbani Keylor Navas qaytardi.

Ajoyib o‘tayotgan final uchrashuvining dastlabki 45 daqiqasidan keyin hisob ochilmadi. Ikkinchi taymni kutamiz.

Yevropa chempionlar ligasi. Final
"PARI SEN-JERMEN" - "BAVARIYA" - 0:0 (tanaffus)
23 avgust. 23:59. "Da Lush".
PSJ – Navas, Kimpembe, Kerer, Tiago Silva, Markinyos, Errera, Paredes, Di Mariya, Bernat, Mbappe, Neymar.
Bavariya – Noyer, Boateng (Zyule, 25), Alaba, Kimmix, Goretska, Devis, Alkantara, Koman, Gnabri, Levandovski, Myuller.
Ogohlantirish: Devis (28).
Bosh hakam: Daniele Orsato (Italiya)

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:55, 24.08.2020.
O'qildi: 3279 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик