Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

O‘zbekcha boksing dey

O‘zbekcha boksing dey

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasida ikkinchi restartni ko‘pchilik "boksing dey"ga qiyoslashyapti, o‘zbek futbolidagi "boksing dey". Bu har 3-4 kunda o‘yin o‘tkazishni talab qiladi. Bunday holatga, o‘ta tig‘iz taqvimga yaqin vaqt ichida o‘zbek futboli duch kelganini eslay olmayman. Ikkinchi tomondan vaqti-vaqti bilan jamoalarda futbolchilar kasallikka  chalinishmoqda va murabbiylarda tarkib borasida muammolar ko‘zga tashlanib qolayapti.

Bunday murakkab holatdan yaxshi natijalar bilan chiqish uchun bir necha faktorlar o‘zini ko‘rsatishi kerak: tarkib, zaxira vakillarining kuchli va ko‘p bo‘lishi, murabbiyning mahorati, jismoniy holat va ruhiyat. Yuqorida sanab o‘tilgan jihatlar qaysi klubda yaxshi bo‘lsa, u "boksing dey"dan maksimal ochko yig‘ishi mumkin.

Ikkinchi restartga eng yomon tayyorgarlik bilan kelgan jamoalar:
-  "Lokomotiv" 3ta mag‘lubiyat;
-  "Andijon" 2ta mag‘lubiyat, 1ta durang;
-  "Metallurg" ikki mag‘lubiyat.

Aksincha, ikkinchi restartda o‘zini har tomonlama ko‘rsatayotgan klublar ham bor:
-  "Paxtakor" 3ta ishonchli g‘alaba
-  AGMK 2ta g‘alaba
-  "Qizilqum" 2ta g‘alaba

"Paxtakor" va AGMKning natijalari joriy mavsum yaxshi. "Qizilqum" esa aynan "boksing dey"da ajoyib natijalar qayd eta boshladi. Bunda qadar jamoa faqat ochko yo‘qotayotgandi. Xo‘sh, Navoiy klubda nimalar o‘zgardi?

Murabbiy: "Qizilqum"da yil avvalida rahbariyat o‘zgardi, bosh murabbiy kim bo‘lishi borasida noaniqliklar yuzaga keldi. Natijalar esa borgan sari yomonlashib bordi. Keyinchalik, Tachmurod Agamurodov bosh murabbiylikka olib kelindi. Lekin mazkur kelish dastlab hech qanday ijobiy natija bermadi. Yozgi transfer oynasida "Qizilqum" eng faol jamoa bo‘lib turibdi va tarkib kuchaytirildi.

Kelganlar:
-  Ignatiy Nesterov (darvozabon)
-  Vladislav Kosmynin (himoyachi)
-  Erkin Boydullayev (yarim himoyachi)
-  Oybek Qilichev (yarim himoyachi)
-  Ibrohim (hujumchi)

Jamoani turkmanistonlik legionerlar tark etishdi, shuningdek, Makkartni Navesebga ham javob berildi. "Qizilqum"da tarkib borasida qilingan o‘zgarishlar aqlli qarorlar bo‘ldi, foydasi kam o‘yinchilar ketdi, kelganlar o‘z chiziqlarni kuchaytirishdi. Natija uzoq kuttirmadi, ketma-ket "Buxoro" va "Metallurg" mag‘lub qilindi. Bu 6 ochko keltirdi. Oldinda bugun Jizzaxning "So‘g‘diyona" klubiga qarshi o‘yin.

Ulug‘bek Baqoyev jamoasi haqida gap ketgandi, joriy mavsum birinchi kamchilik bu — barqarorlik yo‘q ekani. Bir qarasang, "So‘g‘diyona" "Paxtakor"ni mag‘lub qilib tashlaydi, ikkinchi o‘yinda musobaqa autsayderiga qarshi ochko yo‘qotadi. Ulug‘bek Baqoyev kuchli klubga qarshi jamoani qanday tayyorlashni juda yaxshi biladi. Ammo o‘z jamoasi bilan kuchi teng yoki kuchsizroq, ikkinchi raqamli raqibga qarshi Boqoyev muammolarga duch kelmoqda. "So‘g‘diyona"da tarkib ancha kuchli va hujumkor.

Bugun O‘zbekiston Superligasi 12-turi davom etadi.

Kunning birinchi o‘yini aynan "Qizilqum" va "So‘g‘diyona" o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 17:00ga belgilangan. Ushbu o‘yinda sharhlab boraman va bir narsani alohida ta’kidlamoqchiman: "Qizilqum" va "So‘g‘diyona"  - bu teng kuchli jamoalarning o‘zaro raqobati. Qaysi jamoa g‘alaba qozonishini oldindan taxmin qilib bo‘lmaydi. Uchrashuv "Sport" TV da jonli efirga uzatiladi.

Kunni soat 19:00da boshlanadigan AGMK – "Navbahor" va "Surxon" -"Metallurg" qarama-qarshiligi yakunlab qo‘yadi. 12-turning so‘nggi bahsi 26 avgust kuni "Mash’al" va "Buxoro" klublari o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. O‘zbekcha "boksing dey"ning so‘nggi tur o‘yinlari avgust oyi yakunida (27, 28, 29) bo‘lib o‘tadi. Ushbu tig‘iz taqvim, markazlashgan tur o‘yinlaridan qaysi jamoa yaxshiroq natijalar bilan chiqib olar ekan.

Zuhriddin Qilichev.

Manba: https://t.me/Zuhriddin_Qilich
Kiritildi: 14:17, 25.08.2020.
O'qildi: 3416 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.