Marselo Byelsa boshchiligidagi "Lids Yunayted" yosh futbolchilar bilan shartnoma imzolamoqchi.
Britaniya matbuotining xabariga ko‘ra, "Elland Roud" klubi "Arsenal"ning 18 yoshli hujumchisi Sem Grinvud bilan kelishuvga erishdi.
"Lids" forvard uchun "kanonirlar"ga 3 million funt to‘laydi. Angliyada Grinvudni Robin van Persiga qiyoslashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Sem xizmatiga "Manchester Yunayted" va "Milan" klublari ham qiziqish bildirmoqda.