Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/02 00:45 Kalyari 4-0 Verona
01/02 01:00 Elche 1-3 Barselona
01/02 01:00 Liverpul 4-1 Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya 2-1 O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston 0-1 Avstraliya
01/02 16:30 Torino 1-0 Lechche
01/02 17:00 Eron 5-2 Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni 6-1 Malayziya
01/02 18:00 Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
01/02 19:00 Komo 0-0 Atalanta
01/02 19:00 Man. Yunayted 3-2 Fulhem
01/02 19:00 Nottingem Forest 1-1 Kristal Pelas
01/02 19:00 Aston Villa 0-1 Brentford
01/02 20:15 Betis 2-1 Valensiya
01/02 21:30 Tottenhem 2-2 Manchester Siti
01/02 22:00 Cremonese 0-2 Inter
01/02 22:30 Xetafe 0-0 Selta
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze - Roma
03/02 01:00 Sanderlend - Byornli
03/02 01:00 Malyorka - Sevilya

Mirjalol Qosimov: «Natija adolatli»

Mirjalol Qosimov: «Natija adolatli»

Baho:
+ | -

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov "Navbahor"ga (1:1) qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

"Ikki bir-biriga munosib jamoa o‘zaro bahslashdi. Birinchi bo‘limda "Navbahor" jamoasi yaxshiroq harakat qildi. Ikkinchi taymda esa jamoamiz o‘yinni kuchaytirib, bahsga tezlik va jangovarlik qo‘shdi. O‘ylashimcha, yakuniy natija, ya’ni durang haqli bo‘ldi. Agarda golimizni ertaroq urganimizda, natija yanada boshqacharoq bo‘lishi mumkin edi. O‘yinni tomosha qilgan muxlislarga futbol yoqdi, deb o‘ylayman. Jamoamiz futbolchilariga esa oxiriga qadar kurashishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun 3 ochkodan mahrum bo‘lishimiz mumkin edi. Yakunda bir ochko bo‘lsa ham topdik. Yarim qadam bo‘lsada oldinga qadam tashladik. Jamoamiz hakam xushtagiga qadar kurashgani uchun 1 ochko bilan bo‘lsada taqdirlandi. Kelasi o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rib, olmaliqlik muxlislarni xursand etishga harakat qilamiz.

Birinchi bo‘limdagi o‘yin? Avvalgi bahslarda, masalan "Loko" bilan ham birinchi taymda  yomon o‘ynamagandik. Masalan, "Bavariya"ning ham o‘yini PSJ bilan dastlabki bo‘limda deyarli o‘xshamadi. "Andijon" bilan esa birinchi taymda himoyani yorib kirish qiyin bo‘lgandi. Bugun ham raqibning himoyasini yorib kirish ikkinchi taymda ham qiyin bo‘ldi. Jamoalar, raqiblar har xil. Ulardan kelib chiqib turli taktikalar tanlanadi. Ba’zan har ikki taraf birinchi bo‘limda o‘zaro bir-birini o‘rganadi. Bugun uchrashuv oxiriga borib o‘yinimizni kuchaytirishga erishdik. Bugungi o‘yin natijasini hech qanday sensasiya demagan bo‘lardim.

Futbolda har qanday natija ro‘y berishi mumkin. Yana o‘sha "Bavariya"ni eslasak, bir necha yillar avval finalda 90 daqiqa yutib turib, qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba mag‘lubiyatga aylanib ketgandi. Futbol shunisi bilan qiziq. Lekin bugungi o‘yin natijasini sensasiya demagan bo‘lardim. "Navbahor"dagi yo‘qotishlar? Ba’zi asosiy tarkib futbolchilarini hisoblamasa, qolgan futbolchilar o‘ynashdi. Mirzohid G‘ofurov va G‘ulomovni aytmasak, qolgani doim asosiy tarkibda o‘ynab yurgan futbolchilarni ko‘rdim. O‘tgan yili G‘ulomov zaxiradan tushadigan futbolchi edi, to‘g‘rimi? Bugun har taraflama bir-biriga mos jamoalar o‘ynashdi va natija ham adolatli bo‘ldi.

Shorahmedovning tushmagani rotasiya bilan bog‘liq. Unda jarohat yo‘q. Shunchaki har 3-4 kundagi o‘yinlar oralig‘ida imkon qadar ko‘proq rotasiyaga qo‘l urib, endigina jismoniy holatini tiklayotgan futbolchilarga ham asta-sekinlik bilan ko‘nikma beryapmiz. Bizda ham kasallarganlar ko‘p bo‘lgandi. Vaziyatdan kelib chiqib ish tutyapmiz", — deya o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Mirjalol Qosimov.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 06:04, 26.08.2020.
O'qildi: 2611 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.