Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Hamidjon Aktamov: «Hakam bo‘limlar o‘rtasida suv ichishga imkon berishi kerak edi»

Hamidjon Aktamov: «Hakam bo‘limlar o‘rtasida suv ichishga imkon berishi kerak edi»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superligasi 12-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "So‘g‘diyona" (1:1) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh menejeri Hamidjon Aktamov uchrashuv haqida fikrlarini bildirdi.

"Bugun ikki hil taym guvohi bo‘ldik. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik, gol ham urdik. Ikkinchi bo‘limda majburiy o‘zgarishdan keyin rejalarimiz o‘zgarib ketdi. "Sug‘diyona" ham yaxshi jamoa. Hisob o‘yinga mos bo‘ldi, durang adolatli natija, deb o‘ylayman.

To‘g‘risi, ikki jamoaga ham bugun qiyin bo‘ldi. Bahsning 25-daqiqasida suv ichib olishga imkoniyat berilishi kerak edi. Bilmadim nima uchun bugun bu narsa bo‘lmadi. Natijada ikki jamoa ham qiynaldi. Baribir havo issiqlik qildi, ikki jamoaning ham o‘yin tempi bir xil bo‘ldi.

Yuqorida aytganimdek, majburiy o‘zgarish rejalarimizga ta’sir qildi. Qadamboy Nurmetov o‘zi zaxiradan maydonga tushgandi, uni yana almashtirish bu hisobni ushlab qolish uchun harakat edi. Raqib hujumni kuchaytirdi, biz esa himoyani.

Sherali Jo‘rayevni Jasur Hasanovga qarshilik ko‘rsata olmadi deya olmayman. Aksariyat almashtirishlar majburan amalga oshirildi. Bu bilan Sherali Jo‘rayev yomon o‘ynadi degan fikridan yiroqman. Jasur Hasanov ham maydonga yangi kuch bilan tushdi. Taktikamiz bo‘yicha Sheralini oldinga chiqardik", — deydi Hamidjon Aktamov.

Manba: fcqizilqum.uz
Kiritildi: 06:13, 26.08.2020.
O'qildi: 2738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.