Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor

O‘zbekistonda o‘tadigan U19 Osiyo chempionati 2021 yilga ko‘chirildi

O‘zbekistonda o‘tadigan U19 Osiyo chempionati 2021 yilga ko‘chirildi

Baho:
+ | -

Butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol sport turiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Natijada turli mamlakatlarda o‘tkazilishi reja qilingan ko‘plab xalqaro turnirlar keyingi yilga qoldirilmoqda.

Shu o‘rinda, Osiyo futbol konfederasiyasi 2020 yil Bahrayn va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan U16 hamda U19 Osiyo chempionatlarini boshqa muddatga ko‘chirilishi bo‘yicha mavjud imkoniyatlar o‘rganib chiqilishi haqida a’zo futbol assosiasiyalarga rasmiy xat yubordi.

Shuningdek, BAA mezbonlik qilishi reja qilingan futzal bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionatini bekor qilish ehtimolligi haqida ham ma’lumot berilgan.

Bunga mazkur chempionatlarda ishtirokchi a’zo futbol assosiasiyalarning Bahrayn, O‘zbekiston va BAAga parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va pandemiya sharoitidagi jamoalarning tayyorgarligi bilan bog‘liq muammolar tufayli yuborgan so‘rovlari sabab bo‘lgan.

OFK tomonidan yuborilgan rasmiy xatga muvofiq, ushbu masalalar bo‘yicha OFK Ijroiya qo‘mitasi tegishli qarorlarni qabul qiladi. Turnirlarning yangi sanalari bo‘yicha keyinroq ma’lumot beriladi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 13:42, 26.08.2020.
O'qildi: 4668 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик