Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 0-2 Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum 1-0 Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Andrey Kanchelskis: “Jo‘jani kuzda sanashadi”

Andrey Kanchelskis: “Jo‘jani kuzda sanashadi”

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 12-turidan o‘rin olgan AGMK – “Navbahor” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

-  Futbol – bu o‘yin. O‘yinda esa gollar urilishi kerak. So‘zim avvalida bugun maydonga tushib, matonat  ko‘rsatgan shogirdlarimga rahmat aytaman. Mazkur o‘yinda besh nafar futbolchimiz koronavirus testi musbat chiqqanligi bois, jamoaga yordam bera olishmadi. Yana bir futbolchimiz Islombek Isoqjonov esa diskvalifikasiya sababli, maydonga tusha olmadi.

Shuning uchun PFL va AGMK klubiga o‘yinni qoldirish haqida murojaat qildik, Ammo ular bunga ko‘nishmadi. Nimayam derdim, hayot davom etadi. Endi keyingi, “Qo‘qon-1912” jamoasiga qarshi kechadigan bahsga tayyorgarlik ko‘ramiz.

Fursatdan foydalanib, futbolchilarimizga minnatdorchilik bildiraman. Yigitlar har uch kunda maydonga tushishsa-da, o‘z mahoratlarini namoyish etishga intilishmoqda.

AGMKda bizga nisbatan o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish uchun bir kun ko‘proq vaqt bo‘ldi. Bu esa ularga ustunlik bag‘ishladi. Natijada ikkinchi bo‘lim oxirlarida raqib ustunlik qildi. Futbolda bir kun ortiqcha dam olish ham ko‘p narsani anglatadi.

Umuman olganda, birinchi bo‘limda jamoamizda ko‘proq golli vaziyatlar yuzaga keldi. Shuningdek, ikkinchi bo‘liimda ham imkoniyat bo‘ldi. AGMK esa uchrashuv yakunlanishiga sanoqli daqiqalar qolganida, hujumkorlikni kuchaytirib, qo‘shimcha daqiqada gol urdi.Olmaliqda o‘tgan yili bo‘lib o‘tgan bahsda ham olmaliqlar qo‘shimcha vaqtda gol urib, hisobni tenglashtirishgandi. Bu safar ham o‘sha ssenariy takrorlandi.Nimayam derdim,bu futbol. Futbolda esa bunday holatlar uchrab turadi.

Futbolchilarga bunday tig‘iz grafikda o‘ynash oson emas. Bugungi o‘yinda hammasi joyida bo‘ldi: tashkilotchilik, maydon, o‘yinning boshlanish vaqti. Bu borada PFLga hech qanday e’tirozim yo‘q. Bir so‘z bilan aytganda barchasi super darajada bo‘ldi.

“Surxon”ga qarshi kechgan o‘yinda kamchiliklar bo‘lgandi va bunga to‘xtalib o‘tgandim. Chunki men doimo oqni oq, qorani qora deb kelganman.

Har qanday jamoa uchun besh nafar asosiy futbolchisi maydonga tushmasa, qiyin bo‘ladi. Shunga qaramay, bugun maydonga tushgan futbolchilar jonkuyarlik ko‘rstaishdi. Buning uchun yigitlarga katta rahmat.

O‘yin  ajoyib, hissiyotlarga boy tarzda o‘tdi. Afsuski, ochko yo‘qotdik.Nimayam derdim, bu futbol.

Yana nima deyishim mumkin? Agar biz ham AGMKga o‘xshab, bir kun ko‘p dam olganimizda, balki bugungi hisob boshqacha bo‘larmidi? Men jamoadagi vaziyatdan kelib chiqib, durangni yomon natija deya olmayman. Chunki O‘tkir Yusupov endi safimizga qaytdi. Ivan Solovyov esa 8 kun shug‘ullanmadi. Ivan o‘yinga kirishib ketishi uchun 8 kun mashg‘ulot olib borishi kerak.

Muhimi, chempionatni qanday tarzda boshlash emas, balki uni qanday holatda yakunlash. Axir, aytishadi-ku, jo‘jani kuzda sanashadi, deb.

Bo‘lajak bashlarda ijobiy natijalarga erishish uchun intilamiz. Umid qilamanki, “Qo‘qon-1912” bilan bo‘ladigan bahsda g‘alaba qozonamiz.   

Lekin hayotda futboldan ham muhim narsalar bor, bu avvalo insonlar sog‘ligi. Axir hammamiz bir marta yashaymiz, hech kimga umr uch marta berilmaydi-ku, to‘g‘rimi?  Barchaga sog‘lik-salomatlik tilayman.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 14:06, 26.08.2020.
O'qildi: 2748 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.