Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yaratilgan vaziyatlardan to‘liq foydalana olmadik»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Yaratilgan vaziyatlardan to‘liq foydalana olmadik»

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliganing 13-turidan o‘rin olgan «Lokomotiv» — «Nasaf» uchrashuvidan keyin qarshiliklar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev bellashuv haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Himoyada bexato o‘ynashga harakat qildik. Himoyachilarimiz buni uddalashdi. Hujumdagi vaziyatlarning juda kamidan foydalandik. Yaratilgan vaziyatlarning ko‘pidan foydalana olmadik. »Lokomotiv” jamoasi himoyada ko‘p xatolar qildi. Biz bundan unumli foydalanishga harakat qildik. Biz ularni o‘rganib chiqqanimizda himoyada muammo borligini bilardik. Futbolchilarga ham katta rahmat aytaman, ko‘rsatmalarimni bajarishdi. 90 daqiqa davomida diqqat va e’tiborni yo‘qotmasdan harakat qilishdi.”,— deydi Ro‘ziqul Berdiyev.

— Birinchi davra o‘z nihoyasiga yetdi, transfer oynasi ham ochiq. Jamoada qandaydir o‘zgarishlar ro‘y beradimi?
— Yana bir hujumchi olsak yaxshi bo‘lardi, buni rahbariyat bilan gaplashamiz. Qanot pozisiyasida muammolarimiz bor.

— O‘zbek bozorida ko‘z ostingizga olib qo‘ygan hujumchi bormi?
— O‘zbek bozorida hujumchilar kamayib bormoqda, aynan ko‘zlagan futbolchimiz yo‘q lekin tajribali hujumchi bo‘lsa ko‘rib chiqamiz.

— Ushbu bellashuvni «Lokomotiv» jamoasini eng oson yutgan bellashuvingiz desa bo‘ladimi?
— «Lokomotiv»ni hozirgi tarkibi ham tajribali. Yigitlarga avvalgi natijalarni esdan chiqarib to‘p tepishlarini ta’kidlagandim.

— Oxirgi to‘rtta turda biz o‘zbekcha “boxing day” ga guvoh bo‘ldik, nima deb o‘ylaysiz bizning futbolchilar bunga tayyormi?
— Klublar va futbolchilar har uch kunda o‘ynashga tayyor emas. Oxirgi ikki turda temp juda pas bo‘ldi. Bunga o‘rganishimiz kerak. Biz to‘rtta uchrashuv o‘tkazdik. Biz bu uchrashuvlardan maksimal darajada ochko ishlashimiz kerak edi. «Bunyodkor» bilan durang o‘ynaganimiz biz uchun alamli bo‘ldi.

— Endi jamoa Qarshiga ketadimi?
— Futbolchilarimiz turli terma jamoalarga taklif etildi. Hozir Qarshiga boramiz va futbolchilarga uch kun dam olish imkonini beramiz. keyin o‘z qarorgohimizda ikkinchi davraga tayyorgarlik ko‘rishni boshlaymiz.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 08:25, 28.08.2020.
O'qildi: 2301 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.