Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Messi, sen yolg‘iz emassan! Karyerasi so‘ngida APLni tanlagan yulduzlar

Messi, sen yolg‘iz emassan! Karyerasi so‘ngida APLni tanlagan yulduzlar

Baho:
+1 | -

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, “Barselona” jamoasining tirik afsonasi – Leonel Messi “Manchester Siti”ga o‘tishga juda yaqin turibdi. Xo‘sh, 30 yoshdan keyin sayyoramizning eng shiddatli chempionatida uning imkoniyatlari qanday? Bunisi noma’lum, biroq undan avval ushbu ishga qo‘l urgan mashhur futbolchilar mavjud. Keling, ularning faoliyatida bu qaror qanday rol ijro etganiga e’tibor qaratamiz.

Loran Blan – “Manchester Yunayted” (35)

Aynan 35 yoshida Blan “tumanli albion”ni zabt etish maqsadida Angliyaga ko‘chib kelgan edi. “qizil iblislar” uzoq muddat Blanni qo‘lga kiritishga intildi, lekin buning imkoni bo‘lmadi. Faqat 2001-yilga kelibgina uni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi xolos. Shartnoma bir yil muddatni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lsada, Loranning o‘yini ko‘plab muxlislar va mutaxassislarning keskin tanqidiga duchor bo‘ldi. Shunga qaramay, qahramonimiz yana bir mavsumga shartnomani uzaytirdi va “Old Trafford”ni chempion sifatida tark etdi.

Jorj Vea – “Manchester Siti” (33)

Ayni damda Liberiya Prezidenti sifatida faoliyat olib borayotgan Vea 2000-yilda “Manchester Siti” bilan shartnoma imzolaganidan xabaringiz bormi? Arab shayxlarining katta pullari kelguniga qadar, Veaning transferi klub tarixidagi eng nomdori bo‘lib turgan edi. Yangi asr boshida erkin agent sifatida APLga tashrif buyurgan futbolchi atigi 10 hafta jamoa ixtiyorida bo‘ldi xolos. Keyin, qarorini qayta o‘ylab ko‘rdi va jamoa bilan o‘rtadagi shartnomani bekor qildi.

Roberto Manchini – “Lester” (36)

Manchinini APL muxlislari murabbiy sifatida yaxshi eslab qolishgan. Uning Angliyadagi futbolchilik faoliyati juda qisqa bo‘lgan. “Lester” safida 2001-yilda atigi 5 ta o‘yinda maydonga tushgan futbolchi birorta o‘yinni to‘liq o‘tkazmadi va birorta golsiz ortga qaytib ketishga majbur bo‘ldi. Qahramonimiz “tulkilar” rahbariyatiga qo‘ng‘iroq qildi va “Fiorentina”ning murabbiyiga aylanganini ma’lum qildi.

Zlatan Ibrahimovich – “Manchester Yunayted(34)

Zlatanning Angliyadagi sarguzashtlari hali-hamon muxlislar yodida. 2016-yilda Joze Mourinyoning qo‘l ostiga o‘tgan futbolchi ilk mavsumdayoq 28 ta gol kiritdi va jamoa bilan APLning kumush medallariga ega chiqdi. Afsuski, jarohatlar uning faoliyatiga to‘sqinlik qildi.

FernandoYE Yerro – “Bolton” (36)

Yerro “Bolton” safiga o‘z davrining eng sovrindor futbolchisi sifatida tashrif buyuradi. 3 karra YECHL sohibi va “Real”ning afsonaviy sardori juda kech “tumanli albionga” tashrif buyurgan bo‘lsada, o‘zidan nimadir qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. Qahramonimiz “Bolton”dagi mavsumida (2004-yil) jamoasini 6-o‘ringa qadar olib chiqadi. Agar so‘nggi turlardagi ochko yo‘qotishlar bo‘lmaganida, klub musobaqani kuchli to‘rtlikda ham yakunlashi mumkin edi. Omadli mavsumdan so‘ng, kutilmaganda Yerro o‘zining iste’fosi haqida ma’lum qiladi.

Edgar Davids – “Tottenxem” (32)

Golland futbolchisi “shporlar” safida ikki mavsum harakat qilgan bo‘lsada, klub tarixidagi eng zo‘r futbolchilardan biriga aylana oldi. To‘g‘ri, jamoa uning yordamida sovrin yutmadi, ammo Davids 3 bor oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.

Xenrik Larsson – “Manchester Yunayted” (35)

Larsson 2005-yilda “qizil iblislar” tomonidan majburiy transferga aylanadi. Moliyaviy inqiroz va hujumdagilarning jarohatlari sababli klub 35 yoshli forvardni o‘z safiga qo‘shib olishga qaror qiladi.

Yuriy Jorkayeff – “Bolton” (33)

Yuriyning 2002-yilda kamtarin “Bolton” bilan shartnoma imzolashi juda ko‘pchilikni hayron qoldirgan edi. Jey-Jey Okocha, Kampos va Jorkayeffuchligi “Bolton”ni yangi darajaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ladi. Ikki mavsum davomida klub uchun 75 ta o‘yinda maydonga tushgan JCH g‘olibi 22 bor gol kiritdi va klub afsonalaridan biriga aylandi.

Rud Gullit – “Chelsi” (32)

“Sampdoriya”dagi ajoyib mavsumdan so‘ng, golland APLdan kelib tushgan taklifni qabul qildi. 1995-yilda “Chelsi” a’zosiga aylangan futbolchi qisqa muddatda jamoa faxriga aylandi. Maydon markazidagi ishonchli o‘yinlariga qaramay, klub rahbarlari bilan nizo barchasining erta yakunlanishiga sabab bo‘ldi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:22, 28.08.2020.
O'qildi: 12857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.