Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Chetga surib tashlangan super hujumchilar

Chetga surib tashlangan super hujumchilar

Baho:
+ | -

Stadion.uz So‘nggi 10 yillikning eng kuchli markaziy hujumchilari bo‘lsada, shu kunlarda o‘z jamoalari uchun keraksizga aylangan forvardlar bilan tanishtirib o‘tadi.

Aslida, o‘z vaqtida ketish yoki chiroyli tark etish lozim. Agar ikki xil uslubda ketishni birlashtira olsangiz, unda natija ikki hissa yoqimli bo‘ladi. Yangi mavsum oldidan bir yo‘la uchta top darajadagi hujumchilar jamoasi uchun “ortiqcha yuk”ka aylandi. Luis Suares, Edinson Kavani va Gonsalo IguainRonaldu va Messi davridagi eng sermahsul hujumchilar sifatida tarixda qolishi aniq. Shunday bo‘lsada, har qanday boshlangan narsaning yakuni bo‘ladi. Hatto Messining ham biroyog‘i “ManchesterSiti”da. Qahramonlarimiz endigina 32 va 33 yoshni qarshi olishgan. Ular deyarli 3 avlodiga yetadigan pul jamg‘arib qo‘ygan bo‘lsa-da, qarsaklar ositida klubni tark etishga loyiq edi. Uchta hujumchining klubdan ketish sabablari ham tamomila uch xil. Bugun ularning kelajak rejalari va ayni damdagi da’vogarlari haqida so‘z boradi.

Luis Suares – “Barselona”, 33 yosh

Klubga 2014-yilda kelgan.

Ketish sababi: Yangi bosh murabbiy rejasida yo‘q

Da’vogarlar: “Yuventus”, “Ayaks”, “Lester”

2014-yilning yozida Luis Suares orzusidagi jamoa- “Barselona”dan taklif oldi. Birinchi imkon paydo bo‘lishi bilan Luis uni boy berishni istamadi. Ko‘p o‘tmay, qahramonimiz “Kamp-Nou”ga ko‘chib o‘tdi. Aslida, “Liverpul”da ham Luis chinakam super hujumchiga aylangan edi, biroq Messi bilan bir jamoada YECHL zafar quchish ishtiyoqi balandlik qildi. Tan olish lozim, Suares “Barselona”da qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni boshi uzra ko‘tardi. Hatto “oltin butsa”ga ham ega chiqdi. O‘tgan 6 yil davomida “Barselona”ning yetakchisi va Messining eng yaxshi do‘stiga aylandi.

Afsuski, jarohatlar Suaresni o‘z imkoniyatlarini to‘liq namoyish etishiga imkon bermadi. Misol uchun, o‘tgan mavsumda Luis deyarli 4 oyni futboldan tashqarida o‘tkazib yubordi. Undan avvalroq orttirib olgan jarohati sababli Suares tezligidan mahrum bo‘lgan edi. Boz ustiga, tiklanish jarayonida orttirib olingan ortiqcha vazn sababli Suares jamoaviy pressingda umuman foydasiz futbolchiga aylanib qoldi. Shu sababli, Kuman uni jamoada olib qolishdan manfaat ko‘rmayapti. Niderlandiyalik murabbiy Suaresga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yubordi. Bu vaziyat qanday yakunlanishi noma’lum. Sababi, Luisning “Barselona” bilan bir yillik shartnomasi mavjud. “Barselona” agar uni hurmat yuzasidan tovon pulisiz qo‘yib yuborsa, Suaresning xaridorlari ko‘payib ketishi turgan gap, lekin bugungi “Barselona” bunday ishga qodir emas. Shu sababli, Suaresning qay yo‘sinda Kataloniyani tark etishi savol ostida turibdi.

Gonsalo Iguain

Klubga 2016-yil kelgan

Ketish sabab: “Yuve”ning yangi bosh murabbiyiga keraksiz

Da’vogarlar: MLS, La Liga, APL

Gonsalo Italiya “A seriya”sini “Napoli” bilan zabt etgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ayniqsa, o‘zining “Napoli”dagi so‘nggi mavsumida Iguain chinakam gol mashinasiga aylanib ketdi. 35 ta uchrashuvda 36 ta gol kiritgan Iguain uchun “Yuventus” 90 million yevro sarf etishga qaror qildi. Uning “zebralar” safiga o‘tishini neapolliklar juda keskin qabul qidli. Iguain esa, hech narsaga e’tibor bermay Turin klubi uchun gol kiritishni boshlab yubordi. Gonsalo ikki mavsum davomida raqiblar darvozasini 73 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Uning sermahsulligi biroz kamaydi, ammo “Yuventus”dagi raqobatni inobatga olsak, bu ajoyib ko‘rsatkich.

“Yuventus” va argentinalik hujumchi o‘rtasidagi muammolar hujumchining jarohat olishi bilan bog‘liq. Achinarlisi shundaki, Iguain jarohatdan so‘ng sport formasini tiklab olishga juda qiynaldi. Oqibatda, “Yuventus” uni “Milan”ga, “Chelsi”ga ijaraga jo‘natdi. Futbolchi birorta klubda muqim o‘rnasha olmadi. O‘tgan mavsum boshida Turin klubi Iguainga chiqish eshiklarini ko‘rsatib yuborishi aniq edi, biroq Sarri klub tepasiga keldi va forvardga imkon berdi. Qahramonimiz bu mavsumda 44 ta o‘yinda maydonga tushdi va atigi 11 ta gol kiritdi xolos. Bu ko‘rsatkich Pirloga xush kelmadi shekili, yangi mavsum oldidan Gonsaloga o‘z uchun yangi jamoa izlashi lozimligini ma’lum qildi.

Edinson Kavani

Klubga2013-yilda kelgan

Ketish sababi: Klub shartnomani uzaytirishni istamadi

Da’vogarlar: “Atletiko Madrid”, “Benfika”

Yuqoridagi ikki futbolchidan farqli o‘laroq, Kavanini afsona debatash mumkin. Sababi, aynan Kavani yuqoridagi hujumchilardan farqli o‘laroq, o‘zi to‘p tepgan jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarga aylana olgan.

“Napoli” klubidan Kavanini xarid qilish uchun 65 million yevroning baxridan o‘tgan PSJ ajoyib transferni amalga oshiradi. Kavani Parijdagi faoliyati davomida 200 ta gol kiritibgina qolmay, bir necha bor musobaqaning eng yaxshi to‘purariga aylanadi.

Afsuski, klub muxlislariga bergan va’dasi – YECHLda zafar quchishni uddalay olmaydi. Tan olish lozim, Neymar va Mbappe klubga kelgach, Edinson asosiy tarkibdagi o‘rnini yo‘qotishni boshladi. Ikardining transferi esa, Kavanini to‘liq zaxira o‘rindig‘iga mixlab qo‘ydi.

Koronavirus sababli “Liga 1” musobaqasi erta yakunladi. Shu sababali, Edinson jamoa bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirishdan bosh tortdi va o‘zi uchun yangi klubga izlashga tushib ketdi.Ayni damda, qahramonimiz erkin egent maqomida. Shu sababli, u bilan qiziqayotgan klublarning soni qolganlarnikidan bir necha barobar ko‘proq.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:46, 29.08.2020.
O'qildi: 8247 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.