Kirish Ro'yxatdan o'tish

RPL. «Rostov» derbida durang o‘ynadi

RPL. «Rostov» derbida durang o‘ynadi

Baho:
+ | -

Rossiya chempionatining 6-turi doirasida doiraisda «Krasnodar» va «Rostov» jamoalari o‘rtasida Janub derbisi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan Eldor Shomurodov bahsning 17-daqiqasida hisobni ochishga yaqin keldi. Uning zarbasidan keyin to‘p ustun yonidan o‘tib ketdi. Hamyurtimiz 85-daqiqada zaxiraga olindi.

Hisobni esa rostovliklar yarim himoyachisi Normann ochdi. U jarimadan ajoyib zarba bilan darvozani ishg‘ol qildi. Oradan 8 daqiqa o‘tib o‘tib esa krasnodarliklar chiroyli kombinasiya tashkil etishdi va Berg bo‘sh darvozani ishg‘ol qildi.

Ushbu durangdan keyin «Rostov» o‘z ochkolarini 10 ochkoga yetkazib oldi. «Krasnodar» hisobidagi ochkolar 8tani tashkil qilmoqda.

Rossiya chempionati, 6-tur
Krasnodar – Rostov 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 0:1 – 64 Normann, 1:1 – 72 Berg.
Krasnodar – Safonov, Ramires, Martinovich, Petrov, Pantaleao, Olsson, Klasson (Suleymanov, 80), Vilyena (Kabella, 66), Gazinskiy (Utkin, 59), Vanderson, Berg.
Rostov – Pesyakov, Osipenko, Kozlov, Chernov, Xadjikadunich, Xasimoto (Glebov, 74), Yeremenko (Logashov, 85), Bayramyan (Poloz, 63), Normann, Ionov (Dolgov, 74), Shomurodov (Toshevski, 85).
Ogohlantirishlar: Petrov (27), Yeremenko (28), Martinovich (63), Toshevski (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 00:14, 31.08.2020.
O'qildi: 3880 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик