Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

AGMK jamoasining birinchi davra o‘yinlari tahlili

AGMK jamoasining birinchi davra o‘yinlari tahlili

Baho:
+ | -

Ilmiy-analitik statistik tahlillari natijasi shunday xulosa beradiki, AGMK 2020 yilgi mavsumning dastlabki davrasida quyidagi ko‘rsatkichlarni qayd etdi:

Jamoa o‘tkazilgan 13 o‘yinda 21 nafar futbolchilar xizmatidan foydalandi. Shundan faqatgina darvozabon — Suhrob Sultonov barcha o‘yinda o‘zgarishsiz to‘liq harakatlandi va yana ikki futbolchi — Sardor Rahmonov hamda Bahrom Abdurahimov hamma o‘yinda ishtirok etdi.

Texnik-taktik harakatlar ko‘rsatkichlari:
- AGMK 13 o‘yinda jami 10448ta texnik-taktik harakatlarni amalga oshirdi.  Bu o‘rtacha har bir o‘yinda 804ta texnik-taktik harakatlar degani. O‘tkazilgan uchrashuvlarning aksariyatida AGMK uchrashuvda tashabbus bilan o‘ynagan va to‘pni yo‘qotish ko‘rsatkichi 25,8%ga teng. Zamonaviy futbolda bu jihat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich aynan 25%dan baland bo‘lmasligi juda yaxshi natija hisoblanadi.

Gollar:
- AGMK birinchi davrada 22 marotaba raqiblar darvozasiga yo‘l topdi. E’tiborga molik jihati, AGMK Superligadagi barcha o‘yinda gol urishni uddalagan yagona jamoa bo‘ldi. Har o‘yinda o‘rtacha hisoblaganda 1,7tadan gol urilgan. Alohida ta’kidlash kerakki, urilgan 22tadan 17ta golni jamoa ikkinchi bo‘limda kiritgan. Ya’ni, AGMK ikkinchi taymda yuqori samaradorlik ko‘rsatmoqda.

Urilgan gollarning 12tasi qanotdan uyushtirilgan hujumlar orqali, 4tasi markazgan tashkillashtirilgan hujum samarasi va 6tasi standart vaziyatlaridan keyin kiritilgan.

To‘p uzatmalar:
- Futbolda to‘ uzatmani ko‘p narsani belgilab beradi. AGMK birinchi davradagi o‘yinlarda jami 5952ta uzatmani amalga oshirgan. Shularning 57% texnik-taktik harakatlar evaziga. To‘p yo‘qotish koeffisiyenti esa 15,9%ni tashkil qilgan.

5952ta uzatmadan 2282tasi (38,3%), ya’ni har uchta uzatmadan biri orqaga yoki unga berilgan. Qolgan uzatmalar oldinga berilgan. Shuni alohida qayd etish kerakki, jamoa 272ta qanotdan to‘p oshirgan va bu ajoyib ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Har bir o‘yinda o‘rtacha 21tadan qanotdan oshirilgan to‘plar hujumlarni keskinlashtirgan. Har ikkita qanotdan oshirilgan to‘plarning bittasi mzljalga aniq borgani e’tiborga molik.

Shorahmedov (10 o‘yin) - 48 oshirma (50% aniq)

Rahmatov (8 o‘yin) - 43 oshirma (35% aniq)

Tursunov (12 o‘yin) - 36 oshirma (56% aniq)

Amanov (12 o‘yin) - 29 oshirma (45% aniq)

Sulaymonov (6 o‘yin) - 15 oshirma (40% aniq)

Qanotdan tashkil etilgan hujumlarning 12tasi gol bilan tugagan. 7 gol chap qanot, 5ta golga esa o‘ng qanotdan tashqillashtirilgan hujumdan keyin kiritilgan.

Yakkakurashlar:
- AGMK futbolchilari joriy mavsum yakkakurashlarda ham o‘sishga erishishgan. O‘tgan mavsumda jamoa yakkakurashlarda 52% brakni amalga oshirgan bo‘lsa, bu gal ko‘rsatkich 43,9% foizga tushgan.
Birinchi davrada eng ko‘p yakkakurashlarga kirishgan futbolchilar: Shorahmedov, Grigalashvili, Erkinov, Rahmonov va Abdurahimov.

Yakkakurashlarni ko‘proq yutib chiqish bo‘yicha esa Shorahmedov, Yo‘ldoshev, Rahmonov, Jokich, Vatsadze, Jo‘rayev, Zonich va Erkinovni alohida ta’kidlash mumkin.

Qaytgan to‘pga egalik qilish:
- Zamonaviy futbolda muhim ahamiyat kasb etuvchi qaytgan to‘plarga egalik qilish, ya’ni podbor. AGMK birinchi davrada umumiy hisobda 703ta qaytgan to‘pga egalik qilgan. Bu o‘rtacha har bir o‘yinda 54tadan teng keladi.

Darvoza tomon zarba:
- AGMK birinchi davrada raqib darvozasi tomon 153ta zarba yo‘llagan. Har bir bahsda o‘rtacha 12tadan zarba degani. Berilgan zarbalarning 94tasi oyoq bilan, 26ta zarba bosh bilan yo‘llangan va qolgan 33 zarba raqib futbolchilari tomonidan "blok" qilingan. Tepilgan zarbalarning umumiy hisobda 40% darvozaga aniq borgan.

Darvozaga ko‘proq zarba yo‘llagan futbolchilar:

Amanov (12 o‘yin) - 19 zarba, 7tasi aniq - 2 gol

Grigalashvili (8 o‘yin) - 18 zarba, 11tasi aniq - 4 gol

Tursunov (12 o‘yin) - 18 zarba, 7tasi aniq - 3 gol

Vatsadze (9 o‘yin) - 16 zarba, 6tasi aniq - 2 gol

Jokich (11 o‘yin) - 9 zarba, 4tasi aniq - 3 gol

Standart vaziyatlari:
- AGMK 55 marotaba burchak zarbasini amalga oshirdi (o‘rtacha bir o‘yinda 4,2) va shularning 29% besamar ketdi. Burchak zarbasidan keyin jamoa uchta gol urdi: Jokich (2) va Vatsadze. AGMK 46 marotaba jarima zarbasi tepdi va "Surxon"ga qarshi o‘yinda Arslonmirat Amanov jarima zarbasidan unumli foydalangan.

Penaltidan esa AGMK ikki bor samara chiqardi (Tursunov, Jokich) va bir marta noaniq (Jokich) amalga oshirdi. Standart vaziyatlaridan AGMK 64% foydali harakatlarni amalga oshirdi.

Standart vaziyatlarini amalga oshirgan futbolchilar:

Tursunov - 16 burchak zarbasi (14 aniq va 2 noaniq)

Amanov - 13 burchak zarbasi (9 aniq va 4 noaniq), 11 jarima zarbasi (7 aniq va 4 noaniq)

Qosimov - 15 burchak zarbasi (9 aniq va 6 noaniq), 9 jarima zarbasi (6 aniq va 3 noaniq)

Toshmatov - 11 burchak zarbasi (7 aniq va 4 noaniq), 8 jarima zarbasi (4 aniq va 4 noaniq)

Qoidabuzarliklar:
- O‘tkazilgan o‘yinlarda AGMK 199 marotaba fol ishlatgan. Bu degani har bir o‘yinda o‘rtacha 15,3tadan to‘g‘ri keladi. Follarning 78tasi (39%) o‘z jarima maydonchamiz yaqinida vujudga kelgan. AGMK futbolchilariga birinchi davrada 21 marta ogohlantirish va 1 bor chetlatish kuzatildi.

Hozirgi kunda Bobur Yo‘ldoshev va Dilshod Jo‘rayev hisobida 3tadan sariq kartochka mavjud hamda ular diskvalifikasiyaga yaqin turibdi.

Uzatmalarni qulay pozisiyalarga oshirish va hujumdagi tezlik:
- Bu borada samaradorlik 57,8% tashkil qilmoqda. Jamoaning hujumkorlikdagi tezligi esa 7,4. Ayniqsa "Qizilqum", "Lokomotiv" hamda "Andijon"ga qarshi o‘yinlarda AGMK hujumlar tashkil etishda eng yuqori ko‘rsatkichlarni amalga oshirgan.

Qaytgan to‘pga egalik qilish:
- Zamonaviy futbolda muhim ahamiyat kasb etuvchi qaytgan to‘plarga egalik qilish, ya’ni podbor. AGMK birinchi davrada umumiy hisobda 703ta qaytgan to‘pga egalik qilgan. Bu o‘rtacha har bir o‘yinda 54tadan teng keladi.

Qoidabuzarliklar:
- O‘tkazilgan o‘yinlarda AGMK 199 marotaba fol ishlatgan. Bu degani har bir o‘yinda o‘rtacha 15,3tadan to‘g‘ri keladi. Follarning 78tasi (39%) o‘z jarima maydonchamiz yaqinida vujudga kelgan. AGMK futbolchilariga birinchi davrada 21 marta ogohlantirish va 1 bor chetlatish kuzatildi.

Hozirgi kunda Bobur Yo‘ldoshev va Dilshod Jo‘rayev hisobida 3tadan sariq kartochka mavjud hamda ular diskvalifikasiyaga yaqin turibdi.

Uzatmalarni qulay pozisiyalarga oshirish va hujumdagi tezlik:
- Bu borada samaradorlik 57,8% tashkil qilmoqda. Jamoaning hujumkorlikdagi tezligi esa 7,4. Ayniqsa "Qizilqum", "Lokomotiv" hamda "Andijon"ga qarshi o‘yinlarda AGMK hujumlar tashkil etishda eng yuqori ko‘rsatkichlarni amalga oshirgan.

AGMK bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov birinchi davra mobaynida jami 21 nafar futbolchi xizmatidan foydalandi.

Bir darvozabon, 7 nafar himoyachi, 10 nafar yarim himoyachi va 3 hujumchi. Birinchi davrani barcha o‘yinlarini o‘zgarishsiz to‘liq o‘tkazgan futbolchi bu darvozabon Suhrob Sultonov bo‘ldi. Shuningdek, Sardor Rahmonov va Bahrom Abdurahimov ham barcha o‘yinlarda ishtirok etdi.

— Elguja Grilashavili (8 o‘yin) AGMKning birinchi davradagi to‘purariga aylandi - 4 gol.

— Murodjon Toshmatov esa eng ko‘p golli uzatmani, ya’ni eng yaxshi assistentga aylandi - 5 golli uzatma.

AGMK birinchi davrada 22ta gol urdi va bunga 13 nafar futbolchi mualliflik qildi. Shuningdek, urilgan gollarning 17tasiga 11 futbolchi hammualiflik qildi.

Markaziy yarim himoyachilar - Dilshod Jo‘rayev va Yovan Jokich ba’zi o‘yinlarda markaziy himoyada ham o‘ynadi. Shuningdek, Shahzod Nurmatov hujumchi ortidagi insayd rolida va sof hujumchi sifatida ham harakatlandi.

Manba: www.fc-agmk.uz
Kiritildi: 16:43, 04.09.2020.
O'qildi: 2042 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.