Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Messi: «Barselona»dan ketish haqida aytganimda, butun oilam yig‘ladi» (eksklyuziv intervyu)

Messi: «Barselona»dan ketish haqida aytganimda, butun oilam yig‘ladi» (eksklyuziv intervyu)

Baho:
+1 | -

«Barselona» hujumchisi Lionel Messi Goal.com nashriga eksklyuziv intervyu berib, so‘nggi kunlardagi hissiyotlari borasida "yorildi".

Oiladagilarning munosabati haqida
«Men "Barselona"ni tark etishga qaror qilganim haqida xotinim va bolalarimga aytganimda, haqiqiy drama yuzaga keldi. Butun oilam yig‘ladi. Farzandlarim Barselonadan ketishni, boshqa maktabga o‘tishni istashmadi.

Nima uchun ketmoqchi edi?
Ammo men yuqori saviyada o‘yin namoyish etadigan jamoada to‘p tepishni, sovrinlar yutishni, Chempionlar ligasida raqobatbardosh jamoada o‘ynashni istadim. Bu musobaqada g‘alaba qozonish yoki yutqazish mumkin. Chunki, bu qiyin turnir, ammo raqobatlashish kerak. Hech bo‘lmasa, sharmanda bo‘lmaslik uchun ham kurashish kerak. Rim, Liverpul, Lissabondagi voqealar esa... Bularning barchasi meni o‘z qarorim borasida o‘ylab ko‘rishga majbur qildi.

Jamoadan xotirjam keta olishim mumkinligiga ishonchim komil edi. Prezident menga hamisha mavsum so‘ngida ketish yoki qolish masalasini o‘zim hal qilishim mumkinligini ta’kidlab keldi. Endi esa ular 10 iyun sanasiga yopishib olishdi. Bu paytda esa biz La ligada ishtirok etayotgan edik. Koronavirus pandemiyasi butun mavsumni o‘zgartirib yubordi.

Shuning uchun men klubda qolmoqchiman. Prezident menga klubdan ketishning yagona yo‘li 700 million yevro to‘lash kerak ekanini aytdi. Buning esa iloji yo‘q.

Sudlashish haqida
Jamoadan ketishning yana bir yo‘li mavjud edi — klub ustidan sudga murojaat qilish. Ammo men hech qachon bunday qilmayman. Chunki men bu klubni sevaman. U menga ko‘p narsa bergan. Bu klub — mening hayotim, desam ham bo‘ladi. Men bu yerda o‘z hayotimni yo‘lga qo‘ydim. "Barsa" menga barcha narsani berdi, men klubga borimni berdim. "Barselona" ustidan sudga shikoyat qilish fikri hech qachon xayolimga kelmagan.

Farzandlarining munosabati haqida
"Mateo hali yosh. U boshqa joyga ko‘chib ketib, boshqa mamlakatda yashash nima ekanini tushunmaydi.

Tyago — kattaroq. U televizor orqali ba’zi xabarlarni eshitgani uchun mendan so‘radi. Men uning bilishini istamagandim. U esa menga keskin ohangda "Hech qayoqqa ketmaymiz", dedi. Takrorlayman, bu og‘ir bo‘ldi.

Men Barselonani yaxshi ko‘raman. Bu yerdan yaxshiroq joyni topa olmayman. Shunga qaramay, men qaror qabul qilish huquqiga egaman. Yangi maqsadlar sari intilmoqchi edim. Keyinchalik esa yashash uchun Barselonaga qaytishim mumkin edi. Buning uchun menda barcha sharoit bor edi.

Oilam, farzandlarim bu yerda ulg‘ayishmoqda. Ketish istagidan yomonroq hissiyot yo‘q. O‘ylashimcha, bu narsa menga, klubga va barchaga yaxshi bo‘lardi. Xotinim qalbda og‘riq bilan meni qo‘llab-quvvatladi", — deya o‘z hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi Leo Messi.

Argentinalik futbolchi endi Ronald Kuman boshchiligidagi jamoa mashg‘ulotlariga qo‘shiladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Manba: goal.com
Kiritildi: 22:07, 04.09.2020.
O'qildi: 10489 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.