Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo 1-0 Udineze
03/01 17:30 Aston Villa 3-1 Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta 4-1 Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo 1-1 Parma
03/01 19:00 Jenoa 1-1 Piza
03/01 20:00 Brayton 2-0 Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton 3-0 Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Superliganing 4 ta o‘yinidan badarg‘a qilingan hakam Sherzod Qosimov Pro-Ligada ishlay boshladi

Superliganing 4 ta o‘yinidan badarg‘a qilingan hakam Sherzod Qosimov Pro-Ligada ishlay boshladi

Baho:
+ | -

Coca-Cola Superliga 11-turi doirasida kechgan «So‘g‘diyona» — «Bunyodkor» uchrashuvini (3:3) boshqarib borgan hakam Sherzod Qosimov to‘rtta o‘yinga diskvalifikasiya qilingani ma’lum bo‘ldi.

«Daryo»ning O‘FAdagi manbasiga ko‘ra, Professional futbol Ligasi (PFL) «So‘g‘diyona» — «Bunyodkor» uchrashuvidagi (3:3) o‘yin natijasiga ta’sir qilgan bahsli qarorlar sabab O‘zbekiston futbol assosiasiyasidan (O‘FA) uchrashuvdagi hakamlikni o‘rganib chiqishni so‘ragan.

Shundan keyin O‘FA Hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi Qosimovni Superliganing to‘rtta uchrashuvidan chetlatish qarorini qabul qilgan va o‘yin uchun oladigan gonorarining 75 foizini ushlab qolgan. Biroq tashkilot hali ham Qosimovning Superliga bahslaridan chetlashtirilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan.

Qayd etish joiz, O‘FA 13-tur doirasida o‘tgan «Buxoro» — OKMK (2:2) va «Navbahor» — «Qo‘qon-1912» (0:1) o‘yinlaridan keyin, ushbu bahslarda faoliyat yuritgan Vadim Agishev hamda Viktor Serazetdinovni Superliga o‘yinlaridan chetlatgandi. Ular mazkur bahslarni boshqarishda jiddiy xatolarga yo‘l qo‘ygani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qosimov ikkinchi bo‘limda «Bunyodkor» foydasiga penalti belgilamagan — himoyachi o‘z jarima maydoni ichida raqib futbolchisining libosidan tortib yiqitgan. Biroz o‘tib bahsli holatda «So‘g‘diyona» foydasiga 11 metrlik jarima zarbasi belgilagan — hakam to‘p «Bunyodkor» futbolchisining qo‘liga tegganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlash o‘rinli, 7 sentyabr, dushanba kuni Sherzod Qosimov Pro-Liga 5-turidan o‘rin olgan «Oqtepa» — «Dinamo» uchrashuvini boshqarib bordi. O‘yin tomonlarning 1:1 hisobidagi durang natijasi bilan yakuniga yetdi. Bellashuvda bahsli holatlar ham kuzatildi.

Jumladan, 30-daqiqada «Oqtepa» futbolchisi Vladislav Fomin penaltidan gol urib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Ammo o‘sha vaziyatda Qosimov oldin jarima zarbasi belgiladi. Biroq ko‘p o‘tmay qarorini o‘zgartirgan holda «Dinamo» darvozasi tomon penalti tepilishiga ko‘rsatma berdi. Shuningdek, 58-daqiqada samarqandliklar a’zosi Shahzod Hamidovni raqibiga nisbatan keskin o‘ynadi deb topgan holda maydondan chetlashtirdi.

Ma’lumot uchun, Sherzod Qosimov FIFA toifasidagi hakam hisoblanadi. U 2014 yildan beri xalqaro maydonda ham o‘yinlarni boshqarib keladi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:04, 07.09.2020.
O'qildi: 3528 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.