Germaniyaning «Leypsig» klubi «Manchester Siti» futbolchisi Anxelinyoning transferi borasida faol muzokara olib bormoqda.
«Shaharliklar» o‘z futbolchisining transfer narxini 30 million yevro qilib belgilab qo‘ydi. O‘z navbatida «Leypsig» Anxelinyoni bir yilga ijaraga olib, keyingi mavsumda uni sotib olish imkoniyatidan foydalanmoqchi.
O‘tgan mavsumda Anxelinyo «Leypsig» tarkibida ijara asosida o‘ynashga ulgurdi. U 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol kiritdi va ikkita golga assistentlik qildi.