"Barselona"ning kamerunlik sobiq hujumchisi Samuel Eto’o kataloniyaliklar haqida fikr bildirdi.
«Barselona» yangi mavsumda chemionlik uchun kurash olib boradi. Shuningdek, yuragimning eng tubidan joy olgan «Malyorka» klubi ham yuqori saviyalik klubga aylanishini xohlayman.
Messi men uchun tutingan farzand. Uning jamoada qolganidan xursandman. Yangi mavsumda raqobatdosh jamoa tuzish uchun «Barselona»ga uning saviyasiga mos futbolchilar kerak. Ularga klubning falsafasini tushunadigan futbolchilar kerak.
Serxio Buskets ham tezroq o‘z o‘yinini topib olishini istab qolardim. Gap buyuk yarim himoyachi haqida ketmoqda. U ajoyib formaga kirganida «Barselona» sovrinlarni qo‘lga kiritadi», — dedi Samuel Eto’o.