Kirish Ro'yxatdan o'tish

Mourinyo «Manchester Siti»ning ustidan kuldi

Mourinyo «Manchester Siti»ning ustidan kuldi

Baho:
+ | -

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Manchester Siti» tomon navbatdagi "hujum"ni uyushtirdi.

Avvalroq portugaliyalik mutaxassis Sport arbitraj sudining "shaharliklar"ni yevrokuboklardan chetlatish haqidagi qarorini bekor qilganini "sharmanda" deb atagandi.

Mourinyo jurnalistlar tomonidan berilgan "Lionel Messini o‘z jamoangizda ko‘rishni istarmidingiz?", degan savolga quyidagicha javob berdi.

«Biz «Tottenxem» moliyaviy halol o‘yin qoidasini hurmat qilamiz. Messi esa faqat bu qoidani hurmat qilmaydigan jamoaga o‘tishi mumkin. «Tottenxem» bunday jamoa emas», — dedi Mourinyo.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 21:32, 09.09.2020.
O'qildi: 8016 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.