Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

O‘zPFL quyi liga klublari uchun legionerlar to‘lovi ikki barobar kamaytirildi

O‘zPFL quyi liga klublari uchun legionerlar to‘lovi ikki barobar kamaytirildi

Baho:
+ | -

2020 yilgi mavsumga qadar legioner futbolchilar uchun to‘lovlar ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lgan: O‘zPFL belgilab bergan talablarga javob beruvchi legionerlar uchun 20 million so‘m, javob bermaydiganlari uchun 100 million so‘m. 

2020 yilgi mavsum uchun reglament yozishda legioner futbolchilar saviyasi uchun futbol klublarining o‘zi bevosita javobgar ekani inobatga olindi va barcha legioner futbolchilar uchun to‘lov 50 million so‘m etib belgilandi. 

Pandemiya davrida futbol klublarida qiyinchiliklar bor ekani sir emas. Qolaversa, xorijdan bir qator futbolchilar O‘zbekistonga kelib, quyi liga klublari sinovidan o‘tishga harakat qilmoqda. Misol uchun, “Oqtepa” futbol klubi mana shunday yo‘l orqali Ibrohim Tomivani kashf qildi. Futbolchi quyi ligadagi uch uchrashuvdan keyinoq “Qizilqum”ga ijaraga berildi va u Coca Cola Superligadagi debyut o‘yinidayoq gol urishga erishdi. 

Virus sharoitida quyi liga klublarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zPFL ularning legioner futbolchilar uchun to‘lovlarini kamaytirish taklifi bilan chiqdi hamda tashkilot Ijroqo‘mining qo‘llab-quvvatloviga erishdi. Endilikda mazkur klublar bu boradagi to‘lovlarni ikki barobar kam miqdorda amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 19:52, 11.09.2020.
O'qildi: 1610 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик