"Aston Villa" "Verder" bilan hujumchi Milot Rashisa transferi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
"Sherlar" Rashisa uchun 18 million yevro to‘lashga tayyor. Futbolchining o‘zi bilan 5 yillik shartnoma imzolaydilar.
Avvalroq Rashisa "Leypsig"ga o‘tmoqchi bo‘lganligi, ammo Germaniyaning ikki klubi o‘zaro kelisha olmagani xabar berilgan edi.