Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/04 19:00 Neftchi 0-1 Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro 2-0 Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko

«Chelsi» 7 transferni amalga oshirdi!

«Chelsi» 7 transferni amalga oshirdi!

Baho:
+2 | -1

Ushbu Ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Belotti qoladimi?

Turinning «Torino» jamoasi Andrea Belotti borasida ajoyib taklif oldi.

Italiya nashrlarining ma’lum qilishicha, Belotti borasida Londonning «Tottenhem» jamoasi taklif bilan chiqqan va hujumchi uchun 40 million funtdan voz kechishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Belottining o‘zi boshqa klubga o‘tmoqchi emas. Ayniqsa, jamoa sardorligini qabul qilib olgach, faoliyatini ushbu klubda yakunlash haqida bosh qotirmoqda.

«Chelsi» 7 transferni amalga oshirdi!

Londonning «Chelsi» jamoasi «Renn» kipperi Eduara Mendining transferini amalga oshirishi haqida ma’lumot bergan edik.

Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Mendi borasida klublar kelishuvga erishgan va bugun senegallik darvozabon «Chelsi» qarorgohiga yetib keladi. Yaqin 36 soat ichida «Chelsi» o‘zining 7-transferini rasman e’lon qilishi kutilmoqda.

“The Sun” bergan ma’lumotlarga qaraganda, Mendi uchun «Chelsi» 25 million yevrodan voz kechgan va darvozabon bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.

«Inter» davom etmoqda

Milanning «Inter» klubi tez orada «Chelsi» futbolchisi bilan shartnoma imzolaydi.

LGDS nashrining ma’lum qilishicha, Markos Alonsoni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni shaxsan Antonio Konte istamoqda. Murabbiy «Chelsi»ning rejalariga kiritilmagan futbolchiga asosiy tarkibda joy naqd ekanligini ma’lum qilmoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, Alonsoning o‘zi Londonda qolishni istamoqda, biroq «Chelsi» ispan himoyachisi borasida yaxshi taklif olsa, uni sotib yuborish niyatida.

«Yunayted» «Siti»ga qarshi

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi «Siti»ning akademiyasi tarbiyalanuvchisi Charli Manknilni o‘z tomoniga «og‘dirib» olmoqchi.

17 yoshli futbolchi tengqurlari orasidagi musobaqalarda 600 dan ortiq gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi va «Shaharliklar» bilan professional shartnoma imzolash niyatida.

«Siti» yangi mavsum oldidan uni asosiy tarkibga kiritmoqchi emas. Shu sababli, «qizil iblislar» Maknilni o‘z safiga qo‘shib olish ishlarini boshlab yubordi.

Agar Charli «qizil iblislar» bilan professional shartnoma imzolasa, «Manchester Yunayted» hamshaharlariga 1,3 million yevro to‘lab berishi lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:52, 12.09.2020.
O'qildi: 17598 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик