Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ispaniyaning eng iqtidorli yosh futbolchisi Zidan e’tiboriga tushdi

Ispaniyaning eng iqtidorli yosh futbolchisi Zidan e’tiboriga tushdi

Baho:
+ | -

Stadion.uz kelajakda «Real Madrid»ning yangi yulduziga aylanishi mumkin bo‘lgan futbolchi bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.



Yozda «qirollik klubi» o‘z akademiyasi tarbiyalanuvchilarining bir nechtasi bilan xayrlashganidan xabaringiz bor. Ashraf Hakimi va Oskar Rodrigeslar shular jumlasidan. Endilikda, ulardan estafetani ayni damdagi sayyoramizning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanaluvchi Antonio Blanko qabul qilib oldi.



Taniqli AS nashrining ma’lum qilishicha, 20 yoshli futbolchini Zidanga shaxsan Raul taklif etgan.

Yarim himoyachidagi o‘yinni o‘qish va vaziyatga to‘g‘ri baho berish qobiliyati «Real»ning akademiyada mehnat qilayotgan Raul Gonsalesni hayron qoldirgan bo‘lsa, ajab emas. Blankoning mashg‘ulotlarini tomosha qilish uchun kelgan Zidan yosh futbolchidgi ishtiyoqdan zavqlanadi. Sababi, Antonio maydonda Kazemiro bajaradigan barcha ishni muvaffaqiyatli uddalay oladi. To‘p uchun kurashda faol va qisqa masofaga uzatmalar borasida benazir.

Yosh futbolchining o‘yinlarini tomosha qilgan Zidan, Raulga o‘z minaddorchiligini bildirdi va Antonioni o‘zi bilan mavsum oldi yig‘inga olib ketdi. Valdebebasda bo‘lib o‘tgan o‘zgacha yig‘inda qahramonimiz o‘zini ko‘rsatishga harakat qilib ko‘rgani aniq.

Sababi, har kuni ham Zidanning e’tiboriga tushishning imkoni yo‘q! 176 sm bo‘y egasi sanalgan Blanko «Real»da almashtirib bo‘lmas futbolchi sanalgan Kazemironing biroz yengil nafas olishi uchun imkoniyat yaratib berishga qodir. Ortda qolgan mavsumda «Kastilya»ning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etilgan Antonio tez orada asosiy jamoada ko‘rinish berishi hech gap emas. O‘tgan mavsumni u singari yorqin o‘tkazgan Migalem Baesa «Selta»ga 3 million yevro evaziga sotib yubrildi, ammo jamoa Blankoni olib qolishga qaror qildi.



E’tiborlisi shundaki, Raul «Real Madrid» yoshlari bilan Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqach, jamoaga bo‘lgan e’tibor kattalashdi. Tan olish lozim, Aynan Blankoning ishonchli o‘yini evaziga «Real» ushbu musobaqada g‘olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. 2017 yilda klub akademiyasiga qabul qilingan futbolchi bundan avvalroq tengqurlari orasida Yevropa chempionligini ham qo‘lga kiritgan edi. Umuman olganda, Blanko o‘z tengqurlari ichida eng sovrindor futbolchilardan sanaladi. E’tiborlisi shundaki, 19 yoshidayoq milliy terma jamoada ham debyut qilishga ulgurdi.



Uning maydondagi fishkasi sifatida jarima maydonchasi tashqaridan yo‘llagan zarbalarini alohida qayd etish lozim. Blanko ortda qolgan mavsum davomida uzoq masofadan yo‘llagan zarbalarining 74 foizini aniq nishonga yo‘llagan. Bu tengdoshlari orasidagi Yevropadagi eng yaxshi ko‘rsatgich. Agar Antonio o‘z ustida ishlashda davom etsa, bu ustunlik unga katta imkoniyatlar eshigini ochishi aniq.

«Real Madrid» qarorgohidagilar ham yosh iqtidor egasini qo‘yib yubormoqchi emas. Shu sababli, uni yana kamida bir mavsumga o‘z jamoasida olib qolishga qaror qilishdi. Vaholanki, «Kastilya»dagi omadli mavsumdan so‘ng, uni «La Liga»ning bir nechta jamoasi o‘z safida ko‘rishni istagan edi. Antonio Blankoning kelajagi bilan shaxsan Zidan qiziqib qolgach, «Real» murabbiyning iltimosiga ko‘ra unga imkon berishga qaror qildi. Yangi mavsumda maydonda Antonio Blankoning ajoyib harakatlarini ko‘rsak, ajab emas.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 16:10, 12.09.2020.
O'qildi: 6845 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.