Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Superliga. «Bunyodkor» nihoyat g‘alaba qozondi

Superliga. «Bunyodkor» nihoyat g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

Superligada 14-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. «Surxon»ni qabul qilgan «Bunyodkor» ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

«Qaldirg‘ochlar» ikkinchi bo‘lim avvalida o‘yin taqdirini hal qilishdi. Ikki daqiqa ichida raqib himoyasida yo‘l qo‘yilgan ikki xato "qaldirg‘ochlar"ning gollari bilan yakunlandi. Birinchi xatodan Rasul Yo‘ldoshev unumli foydalangan bo‘lsa, ikkinchisini Nurillo To‘xtasinov golga aylantirdi.

Shundan so‘ng mezbonlar biroz xotirjamlikka berildi. Natijada xatolar yuzaga kela boshladi. A’zamjon Aliyev 76-daqiqada endi bizning himoyadagi xatoni gol bilan jazoladi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada Vladislav Nuriyev penalti ishladi. Nuqtaga yaqinlashib o‘yinga nuqta qo‘yishni maqsad qilgandi, biroq Asilbek Omonov ajoyib seyvni amalga oshirib hisob o‘zgarishiga yo‘l qo‘ymadi.

Shu tariqa, "Bunyodkor" ketma-ket 4ta durangdan so‘ng g‘alaba nashidasini surdi va o‘z ochkolarini 26taga yetkazdi.

Coca Cola Superliga. 14-tur
«BUNYODKOR» – «SURXON» - 2:1 (0:0)
12 sentyabr. Toshkent. «Bunyodkor» stadioni.
Gollar: Rasul Yo‘ldoshev, 49 - 1:0. Nurillo To‘xtasinov, 51 - 2:0. A’zamjon Aliyev, 75 - 2:1.
Foydalanilmagan penalti: Vladislav Nuriyev, 90+4.
«Bunyodkor»: Abdumavlon Abduljalilov, Islomjon Qobilov, Davronjon Ergashev (Muhammadodil Qahramonov, 69), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, Xurshid G‘iyosov (Selim Nurmuradov, 69), Rasul Yo‘ldoshev, Lutfulla To‘rayev, Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov (Anvar G‘ofurov, 88), Abdulla Abdullayev, Shahboz Erkinov (Vladislav Nuriyev, 69).
«Surxon»: Asilbek Omonov, Abduqahhor Hojiakbarov, Sherzod Karimov, Aleksandr Kasyan (Muhammad Ali Abdurahmonov, 71), Nuriddin Hasanov, A’zamjon Aliyev, Jahongir Mehmonov, Darko Stanoyevich, Behro‘z Shoydulov (O‘rol Choriyev, 87), Ibrohim Yo‘ldoshev (Nizomjon Norov, 54), Asror G‘ofurov.
Ogohlantirishlar: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 9. Nuriddin Hasanov, 80. Lutfulla To‘rayev, 82. Behro‘z Shoydulov, 85. Rasul Yo‘ldoshev, 90. Sanjar Qodirqulov, 90+1. Abdumavlon Abduljalilov, 90+2. Jahongir Mehmonov, 90+4.
Bosh hakam: Rahimbek Karimov.
Qanot hakamlari: Husniddin Shodmonov, Aleksandr Burov.
Zaxiradagi hakam: Shuhrat Rajabov.
Nazoratchi: Baxtiyor Tog‘ayev.
Komissar: Laziz Qo‘chqorov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 22:15, 12.09.2020.
O'qildi: 2299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик