Myunxenning «Bavariya» klubi faxriy direktori Uli Xyoness jamoa himoyachisi David Alaba bilan yangi shartnoma borasida olib borilayotgan muzokara haqida fikr bildirdi.
- Barchamiz Davidning qolishini xohlayapmiz, chunki u juda yaxshi yigit. Xans Flik uni jamoada olib qolishni juda xohlamoqda. Biroq, uning agenti ochko‘zlik qilmoqda. Shuningdek, uning otasi agentning katta ta’sirida turibdi, — Xenessning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport1.