Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Virjil yoki Ferdinand? Agbonlaxor qay biri kuchliroq ekanligini aytdi

Virjil yoki Ferdinand? Agbonlaxor qay biri kuchliroq ekanligini aytdi

Baho:
+1 | -

Virjil yoki Ferdinand? Agbonlaxor qay biri kuchliroq ekanligini aytdi

Angliya terma jamoasi va “Aston Villa” klubidagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Gabriel Agbonlaxor APL tarixidagi ikki himoyachidan qay biri kuchliroq ekanligi haqida fikr bildirdi.

Gabriel Agbonlaxor:

“Bugungi kundagi futbol muxlislari yaqin o‘tmishdagi super himoyachilarni unutib qo‘yishmoqda. Bu juda achinarli holat. Misol uchun Rio Ferdinandning qay darajada kuchli himoyachi bo‘lganini yangi avlod muxlislariga ayonmi? Ferdinand o‘zining eng pik formasiga chiqqan paytlari ko‘rsatgan o‘yinlari haqida soatlab so‘zlash mumkin. Ikkinchi qavatda, yakka kurashlarda va hatto jamoaviy pressingda ham faol bo‘lgan Ferdinandni bugungi kundagi barcha himoyachilar uchun o‘rnak sifatida ko‘rsatishim mumkin.

Zamonaviy futboldagi eng kuchli markaziy himoyachi sifatida ko‘pchilik Virjil Van Deykni ko‘rsatadi. To‘g‘ri, u ayni damda sayyoramizning eng kuchli himoyachisi, biroq hali Rio yoki Vinsan (Kompani) darajasida emas. «Liverpul» futbolchisini Rio bilan bir qatorda tilga olishga hali juda erta. Ferdinand deyarli 10 yil davomida yuqori darajada to‘p tepdi. Bu markaziy himoyachilar uchun shunchaki super natija.

Uning faoliyatida qo‘pol xatolarning uchramagani Ferdinandning naqadar klassi baland bo‘lganidan dalolat. Van Deyk esa, endigina yuqori darajadagi 3-mavsumini o‘tkazmoqda. Yana takrorlayman, Virjil ajoyib futbolchi va futbol tarixidagi afsonalardan biri bo‘lib qoladi, ammo u buyuklar qatoridan hali o‘rin egallagani yo‘q. Muxlisalar Ferdinand yoki Kompani qay darajada kuchli himoyachi bo‘lganini unutib qo‘ymasligi lozim.”

Manba: Talk Sport
Kiritildi: 21:29, 14.09.2020.
O'qildi: 5199 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.