"Arsenal" "Milan"ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Xitoyning "Shanxay Shenxua" jamoasida o‘ynayotgan Stefan El-SHaaravini kuzatmoqda.
Jurnalist Janluka Di Marsioning so‘zlariga ko‘ra, 27 yoshli yarim himoyachining Angliya klubiga transferi amaldagi transfer oynasida amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, yil boshida El-SHaaravi Xitoy Superligasini tark etib, A Seriyaga qaytishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.