Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Andrey Shipilov: “Bundan buyog‘iga mavsumni to‘xtalishlarsiz yakunlashni istayman"

Andrey Shipilov: “Bundan buyog‘iga mavsumni to‘xtalishlarsiz yakunlashni istayman"

Baho:
+ | -

Cuperligasining 15-tur doirasidagi "Qo‘qon-1912" - "Metallurg" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida Bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov ishtirok etdi.

- Mavsumning yarmi ortda qoldi. Har bir jamoaning o‘z maqsadi bor. Qo‘qonliklar o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘yganliklarini eshtdim. Bizda ham o‘z rejalarimiz bor. Biz har bir o‘yinga futbolchilarni yaxshi tayyorlashga harakat qilyapmiz. Aytish joizki, bugun har ikki jamoaga ham oson bo‘lmadi. Futbolchilarga rahmim keladi. Ular shunday sharoitda ham maydonga tushishmoqda. Barcha futbolchilar o‘z salomatligiga tavakkal qilishdi. Maydon chetida turib yaratgandan xech qaysi futbolchi jarohat olmasligini so‘rab turdim.

Bugun har ikki jamoa ham o‘z darajadasida o‘ynay olishmadi. Holbuki biz g‘alaba qozongan bo‘lsak ham o‘yindan ko‘nglim to‘lmadi. Bugun shogirdlarim kichik mo‘’jiza yaratishdi. Pandemiyaning birinchi tanaffusiga qadar barchasi yaxshi edi. Ikkinchi tanaffusdan yaxshi holatda chiqdik deb bo‘lmaydi. Hozir futbolchilar kichik qahramonlik ko‘rsatishmoqda. Futbolchilarning tiklanishi murakkab kechayotganini ta’kidlagan bo‘lardim. Ikkita safar uchrashuvi ancha qiyin kechdi.

Hozir men chempionatda yana tanaffus bo‘lib qolishidan qo‘rqyapman. Yuzaga keladigan har qanday tanaffus futbolchilar uchun og‘ir bo‘ladi. Uchinchi tanaffus kerak emas, deb hisoblayman.
Bundan buyog‘iga to‘xtalishlarsiz mavsumni yakunlashni istayman.

Manba: Қўқон-1912 матбуот хизмати
Kiritildi: 19:45, 16.09.2020.
O'qildi: 2662 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.