Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo 1-2 Elche
26/04 21:00 Torino 2-2 Inter
26/04 21:30 Osasuna 2-1 Sevilya
26/04 23:45 Milan 0-0 Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante
28/04 19:00 Andijon - Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona - Surxon
28/04 20:00 Paxtakor - Nasaf

APL. "Liverpul" safarda "Chelsi"ni yengdi

APL. "Liverpul" safarda "Chelsi"ni yengdi

Baho:
+ | -

Angliya chempionatining 2-turida «Chelsi» 20 sentyabr, yakshanba kuni «Liverpul»ni qabul qildi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limi teng kurashlar ostida o‘tdi. Tanaffusga qadar har ikki jamoa vakillarida bir qator qulay imkoniyatlar yuzga keldi. Bo‘lim yakunlanishi arafasida maydon egalari himoyachisi Andreas Kristensen darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib ketayotgan Sadio Maneni to‘xtatib qoldi. Natijada hakam videotakrorlardan keyin Kristensenga qizil kartochka ko‘rsatdi.

Ikkinchi bo‘limni «qizillar» katta ustunlik bilan o‘tkazdi. 50-daqiqada Sadio Mane jamoasining ajoyib kombinasiyasini gol bilan yakunladi. Oradan to‘rt daqiqa o‘tib, Kepa Arrisabalaganing xatosidan keyin Mane dublini nishonladi.

75-daqiqada «Chelsi» hisobni qisqartirishi mumkin edi. Biroq Jorjinyoning penaltidan yo‘llagan zarbasini mehmonlar posboni Alisson qaytarishga erishdi. Qolgan vaqtda hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa Yurgen Klopp shogirdlari ketma-ket ikkinchi o‘yinda g‘alabaga erishdi.

APL

2-tur bahsi

20 sentyabr, yakshanba

«Chelsi» — «Liverpul» 0:2

Gollar: 0:1 – 50 Mane, 0:2 – 54 Mane.

«Chelsi»: Arrisabalaga, Alonso, Jeyms, Zuma, Kristensen, Kante, Kovachich (Abraham, 79), Maunt, Jorjinyo (Barkli, 79), Havers (Tomori, 46), Verner.

«Liverpul»: Alisson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Robertson, Fabinyo, Keyta (Milner, 64), Henderson (Tiago Alkantara, 46), Mane, Veynaldum, Saloh, Firmino (Minamino, 86).

Chetlatish: Kristensen (45).

 
Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:01, 20.09.2020.
O'qildi: 2336 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик