Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya
14/10 12:45 Melburn Viktori - Seul

Ro‘ziqul Berdiyev «Surxon»ga qarshi o‘yinda eng esda qolarli vaziyatni aytdi

Ro‘ziqul Berdiyev «Surxon»ga qarshi o‘yinda eng esda qolarli vaziyatni aytdi

Baho:
+ | -

Superliganing 16-turi doirasida o‘tkazilgan “Nasaf” va “Surxon”(5:0) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.  

“Muxlislarni g‘alaba bilan tabriklayman. Uchinchi golga qadar “Surxon” jamoasiga imkoniyat bermadik. Raqib safida tajribali futbolchilar bor edi, ularga imkoniyat bermaslikka harakat qildik. Uchinchi goldan keyin ozgina bo‘shashdik. Shu vaziyatda ularda bir-ikkita vaziyat bo‘ldi. O‘yin davomida ustunlik biz tomonda bo‘ldi, buni hisobda ham aks ettirdik. Yigitlar ko‘rsatmalarimizni bajarishdi. Eng esda qolarlisi Turdialiyevning zaxiradan tushib o‘n minutda ikkita golli uzatmani amalga oshirgani bo‘ldi.   

“Navbahor” bilan o‘yinga yaxshi tayyorlanamiz. Bugungi g‘alaba ruhiy tomondan ko‘tarinkilik berishi tayin. Biz har bir uchrashuvga jiddiy yondashmoqdamiz. Superligada oson o‘yinning o‘zi yo‘q. Jamoalar bizga munosib qarshilik ko‘rsatishmoqda. Yigitlardan har bir uchrashuvga jiddiy tayyorlanishni talab qilmoqdamiz.

Marko Stanoyevichning o‘yinida mavsum boshiga qaraganda pasayish bor. Balki charchoq alomatidir yoki mavsum o‘rtasidagi to‘xtalishlarning ta’siridir, bilmadim. Lekin tajribasi katta, o‘yinni boshqarishga bizga yordam bermoqda. Traorega “Andijon” bilan o‘yinda imkoniyat berdik. Qanot yarim himoyasida o‘ynadi, lekin biz kutgan o‘yinni ko‘rsata olmadi. Bugun Sherzod Nasrullayev charchab qoldi, shuning uchun uni qanot himoyasida o‘ynatdik.

Moliyaviy muammolar bor, biz buni o‘ylab maydonga chiqayotganimiz yo‘q. Futbolchilar vaziyatni to‘g‘ri tushunib turishibdi. Homiylarimizga ishonamiz, tez orada muammo o‘z yechimini topadi degan umiddamiz. Biz o‘z ishimizni to‘g‘ri bajarishga harakat qilyapmiz.

Oybek Bozorov “Andijon” bilan o‘yinda jarohat oldi Lekin kechagi mashg‘ulotlarda qatnashdi va o‘ynay olishini bildirdi. O‘yindan oldin jarohati baribir o‘z so‘zini aytdi. “Navbahor” bilan o‘yinda muxlislarni xursand qilish uchun bor kuchimizni beramiz”, – dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 07:15, 22.09.2020.
O'qildi: 4083 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик