Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Shota Arveladze: "Barchasi o‘z qo‘limizda"

Shota Arveladze: "Barchasi o‘z qo‘limizda"

Baho:
+ | -

"Shahr Hodro" va "Paxtakor" o‘yinidan oldin jamoamiz bosh murabbiyi Shota Arveladz matbuot anjumanida qatnashishdi.

- Biz uchun har bir o‘yin finalga teng bo‘lmoqda. Biz bir-birimizni yaxshi bilamiz. Ular uchun bu o‘yin faxrlanish hissini uyg‘otadi, forslarning xarakteri jangovar. Buni bilamiz, chunki Eron klublari bilan ko‘p bor to‘qnash kelganmiz. Biz uchun esa musobaqani davom ettirishni yoki aksini ko‘rsatib beradi. Yuqori darajadagi yaxshi o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman.

Guruhimizdagi ikkinchi o‘yin natijasini ko‘rishga va kuzatib borishga imkoniyatim bo‘lmaydi. Chunki bor e’tiborni o‘z o‘yinimizga qaratamiz. Barchasi o‘z qo‘limizda.

Futbolchilar bilan har kuni suhbatlashaman. Bu futbol. Ba’zida gol urasiz, ba’zida esa yo‘q. Har bir o‘yinda yaratayotgan vaziyatlarimiz juda muhim, chunki sen ko‘proq vaziyat yaratayotgan bo‘lsang, demak raqibdan ko‘ra aqlliroq o‘yin namoyish etayotgan bo‘lasan. Sen ularni to‘pni maydon tashqarisiga yoki shunchaki oldinga tepib yuborishga, ba’zida esa xato qilishga majbur qilasan. Bundan tashqari, raqib himoyachilari va darvozaboni ham maydonda shunchaki chiroyli fotolar uchun turmaydi. Biz yanada ko‘proq vaziyatlar yaratishga harakat qilishimiz kerak. Lekin, shunday holatlar ham bo‘ladi - bitta vaziyatda gol urib ketasiz. Futbolda nima bo‘lishini oldindan aytib berolmaysiz, shunisi bilan ham u qiziq.

Hech kimning bo‘shashishiga yo‘l qo‘ymaymiz. Raqibning o‘yini statistika bo‘yicha yomon emas. Ular vaziyatlar yaratishmoqda. Xatto, ular bilan Toshkentda o‘tgan bahsimizda yirik (3:0) hisobda g‘alaba qozongan bo‘lsak-da, ular o‘yin bo‘yicha juda yaxshi taassurot qoldirishgandi. Bu xarakterli va jangovar jamoa. "Al Hilol"ga qarshi oldingi bellashuvda ularda hech qanday imkoniyat qolmagandi, shunga qaramay borlarini berib o‘ynashdi. Menimcha, ertaga biz bilan ham oxirigacha kurashishadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:18, 22.09.2020.
O'qildi: 4505 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.