Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

«Bavariya» tasdiqladi

Myunhenning «Bavariya» jamoasi Xavi Martinesning boshqa klub safiga o‘tayotganini rasman e’lon qildi.

Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, futbolchi jamoani tark etish borasida klub rahbarlari bilan muzokaralar olib borgan. Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu suhbat ijobiy yakunlangan.

Ma’lumotlarga qaraganda, Martinesning keyingi klubi “Atletik Bilbao” jamoasi bo‘ladi.

Ryudiger ketadi!

Angliyaning «Chelsi» klubi himoyachi Antonio Ryudiger transfer oynasi yopilishidan avvalroq jamoani tark etadi.

“Mirror” nashrining ma’lum qilishicha, futbolchi klub rahbarlaridan uni qo‘yib yuborishlarini iltimos qilgan.

Manbaning ma’lum qilishicha, Ryudiger o‘yin amaliyotsiz qolib ketishdan qo‘rqmoqda. Shu sababli tezroq jamoasini almashtirish niyatida.

Arias «Bayer»ga o‘tadi

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” klubi qanot himoyachisi Santyago Arias faoliyatini Bundesligada davom ettirishi aniq bo‘lib ulgurdi.

"Bild" nashrining ma’lum qilishicha, nemis klubi 28 yoshli futbolchining transferi uchun «matraschilar» uchun 13 million yevro to‘lab bergan.

Ma’lumotlarga qaraganda, hafta yakunida ushbu transfer rasman e’lon qilinadi.

«Chelsi» ishga jiddiy kirishdi

Angliyaning «Chelsi» klubi tez orada «Renn» darvozaboni Eduara Mendining transferini amalga oshiradi.

Jurnalist Nikola Shirining ma’lum qilishicha, tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan. “Aristokratlar” darvozabon uchun 5 yillik shartnoma imzolaydi.

Manbaning ma’lum qilishicha, London klubi darvozabon uchun 25 million yevrodan voz kechgan.

SPAL «Inter» futbolchisini nishonga oldi

Italiyaning SPAL klubi «Inter» hujumchisi Sebastyan Espozitoni qo‘lga kiritish uchun muzokaralar boshladi.

LGDS nashrining ma’lum qilishicha, 18 yoshli futbolchi uchun «B seriya»da harakat qilayotgan SPAL jamoasi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Shuningdek, «Peskara» ham Espozito bilan shartnoma tuzish niyatidan.

Manbaning ma’lum qilishicha, ushbu klublar 18 yoshli hujumchini bir mavsumga ijaraga olishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, futbolchining Milan shahri klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022 yilda o‘z yakuniga yetadi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 03:00, 24.09.2020.
O'qildi: 7414 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.