Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

Piter Xyuistra: «Biz o‘yinga tayyormiz va yigitlarga ishonamiz»

Piter Xyuistra: «Biz o‘yinga tayyormiz va yigitlarga ishonamiz»

Baho:
+ | -

"Istiqlol" bilan o‘yindan avval "Paxtakor" yordamchi murabbiyi Piter Xyuistra va himoyachi Anzur Ismoilov matbuot anjumanida qatnashdi.

Xyuistra: - Guruh bosqichini yakunladik. Endi bir o‘yinlardan iborat pley-offni o‘ynaymiz. Biz bunga tayyormiz. Barchasini o‘yin ko‘rsatib beradi.

Shota o‘zini yaxshi his qilmoqda. U izolyasiyada. O‘tgan o‘yinni tahlil qildik va navbatdagi bahsga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Barchasi yaxshi bo‘lishiga ishonamiz. Shota dastlabki kunlari biroz o‘zini yomon his qildi, hozirda esa barchasi ortda qoldi. U hali yosh va ishga chanqoq.

Ertaga Komilov ikkita sariq kartochka tufayli ertaga maydonga tusha olmaydi. Qolgan barcha futbolchilar o‘yinga tayyor va sog‘lom holatda. "Paxtakor"ni jismonan kuchsiz deb o‘ylamanglar. Biz ham ikki yildan buyon bu borada mehnat qilyapmiz. Bu borada o‘zimizga ishonch katta.

Biz o‘zimizga ishonamiz. Bu yigitlar bilan har kuni birga ishlayman va ularning imkoniyatini yaxshi bilaman. Shu sababli ham ularga ishonib gapirmoqdaman.

Oxirgi yillarni qarasangiz o‘zbek klublarida pasayish bo‘ldi. Lekin ikki yil oldin O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Osiyo chempioni bo‘lgandi. O‘sha jamoaning ko‘plab a’zolari hozir "Paxtakor"da o‘ynashmoqda. O‘sha musobaqadan keyin futbolchilar yanada kuchayishdi. Bu futbolchilar yangi davrni boshlab berishmoqda. Dastlabki maqsadimiz guruhdan chiqish edi, bu vazifa uddalandi. Endi navbatdagi raqibni mag‘lub etishni istaymiz.

Ismoilov: - Guruhdan chiqqanimizdan xursandmiz. Bizni oldinda og‘ir o‘yinlar va haqiqiy kurash kutmoqda. Muxlislar va ko‘plab insonlar “Paxtakor”dan g‘alaba g‘alaba kutishmoqda. Maqsadimiz faqat g‘alaba qozonish. Raqibni yaxshi bilamiz, o‘rganib chiqdik. Bizga qiyin bo‘ladi. G‘alaba qozonishimiz kerakligini tushunib turibmiz. Jamoamiz ertangi o‘yinga tayyor. Maydonga faqat g‘alaba uchun chiqamiz.

Raqib safida ikkinchi qavatda yaxshi o‘ynaydigan futbolchilar bor. Biz ham shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Jamoamizdagi futbolchilar bir-birini yaxshi tushunadi.

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 19:19, 25.09.2020.
O'qildi: 4697 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.