Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Andrey Shipilov: «Hakamlar nimaga bunday qilishdi va bunga kim javob beradi?»

Andrey Shipilov: «Hakamlar nimaga bunday qilishdi va bunga kim javob beradi?»

Baho:
+ | -

Superliganing 17-turidan o‘rin olgan "Metallurg" - "Lokomotiv" (2:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Shipilov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— O‘yin haqida.
— "Lokomotiv" bilan o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘rgandik. Chunki bugun qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik. "Loko" har doim kuchli bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. "Lokomotiv"da 38-daqiqada qulay vaziyat yuzaga keldi va bundan foydalana oldi.

Negadir, hujumchilarimiz ko‘p vaziyatlarda o‘yindan tashqari holatda qolib ketishyapti. Ikkinchi bo‘limda o‘z o‘yinimizni ko‘rsata oldik va gollar urdik, biroq yana keraksiz golni o‘tkazib yubordik.

Nega 4 daqiqa qo‘shilganini tushunmadim, juda ko‘p to‘xtalishlar bo‘ldi, shuncha o‘zgarishlar bo‘ldi. O‘ynagani berishlari kerak edi. Hakamlar nimaga bunday qilishdi va bunga kim javob beradi? Menimcha, durang adolatli natija bo‘ldi va futbolchilarimizga e’tiroz yo‘q.

— "Lokomotiv"ning o‘yin uslubi o‘zgarganmi? Nima deb o‘ylaysiz?
— Temur Kapadze kelganidan so‘ng barchasi o‘z joyiga tushdi.

— Nega Kamoliddin Tojiyev maydonga tushmadi?
— Chunki unda 4 ta sariq kartochka bor edi, shu sababli o‘yinni o‘tkazib yubordi. Agar diskvalifikasiya bo‘lmaganida, maydonga tushgan bo‘lardi, menga Tojiyevning yoshi muhim emas, uning o‘yiniga qarang.

— Har 3-4 kunda bitta o‘yin o‘tayotgani jamoaning jismoniy holatiga qanchalik ta’sir ko‘rsatyapti?
— O‘ylashimcha, bu fojia emas. Asosiy muammo – tig‘iz taqvim vaqtida 10 kunlab "pauzalar" kuzatilishi. Bu haqiqiy muammo. Futbolchilar mashg‘ulot qilishyaptimi, o‘yinga tushishyaptimi, boshqa muammo kuzatilmaydi deb o‘ylayman.

— Salamat Qutiboyevning jamoadagi o‘rni qanday?
— U jamoa yetakchilaridan biri. Salamatni anchadan beri bilaman, u sifatli futbolchi.

— "Metallurg" jamoasi kuchli jamoalarga qarshi o‘yinda yutadi yoki durang o‘ynaydi, autsayderlarga qarshi o‘ynashga qiynaladi.
— E’tibor bergan bo‘lsangiz, "Andijon" va "Buxoro" bilan o‘yinlarda yaxshi natija ko‘rsatganmiz, o‘sha paytda ular autsayder hisoblanishardi. Demak, biz autsayderlar bilan yomon o‘ynaymiz deb bo‘lmaydi.

Manba: metallurg-pfc.uz
Kiritildi: 06:44, 26.09.2020.
O'qildi: 3143 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.