Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Andrey Kanchelskis: «Futbolchilar gol ura olishmasa, o‘zim maydonga tushib o‘ynay olmayman-ku!»

Andrey Kanchelskis: «Futbolchilar gol ura olishmasa, o‘zim maydonga tushib o‘ynay olmayman-ku!»

Baho:
+ | -

Coca Cola Superliga 17-turidan o‘rin olgan “Navbahor” – “Nasaf” (0:0) jamoalari o‘yinidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob qaytardi.

— O‘yin jangovar ruhda kechdi. “Nasaf” – ajoyib jamoa va qarshiliklar bejizga turnir jadvalining yuqori qismidan joy olishmagan. “Nasaf”ga keyingi o‘yinlarda omad yor bo‘lishini tilaymiz. Mehmonlarning besh o‘yindan iborat g‘alabali seriyasini to‘xtatishga muvaffaq bo‘ldik.

Yigitlarga  maydondagi jonkuyarliklari uchun rahmat. Hujumlarni yakunlashda oqsayapmiz. Vaholanki, mashg‘ulotlar binoyidek o‘tmoqda, zarbalar yo‘llash bo‘yicha ishlayapmiz. Ammo gol urolmayapmiz, bir safar darvozabon xalal bersa, keyingi safar boshqa narsa xalaqit qilyapti.

Guvohi bo‘ldinglar, yigitlar bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi, ayniqsa 2-bo‘limda.

Muxlislarga stadionga kelib, jamoamizni  qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bugun maydonda jamoamiz sardori Azimjon Ahmedov yetishmadi. Albatta, u yetakchimiz.SHuningdek, Xurshidbek Muxtorovning o‘ynamagani ham sezildi.

Endi “Buxoro” bilan bo‘ladigan keyingi o‘yinga tayyorlanamiz. Keyin terma jamoamizning yig‘ini tufayli yuzaga keladigan tanaffusda muammoli tomonlarimiz bo‘yicha ishlaymiz. Ayniqsa, hujumlarni yakunlash borasida. Pandemiyagacha hammasi yaxshi edi, aynan pandemiya hammani sindirdi, jumladan, meni ham.

Taktika bo‘yicha savollar berishdan oldin mashg‘ulotlarimizga kelib ko‘ringlar, o‘yinlarda 4-3-3 sxemasini tanlayapiz, bizda uch nafar hujumchi o‘ynayapti.

Iste’foga chiqishmi? Yashasak, ko‘raveramiz. Futbolchilarning gol ura olmayotganliklarining o‘ziga yarasha sabablari bor. Nima, men natija bo‘lishini xohlamaymanmi? Pandemiyagacha hammasi joyida edi, 3-4-o‘rinlarda yurgandik, o‘shanda hech nima demagandinglar. Kasallikka chalinib chiqqanimizdan keyin gap-so‘zlar ko‘paydi. Jamoaga bosim uyushtirish emas, uni qo‘llab-quvvatlash kerak. Xavotir olmang, natija bo‘ladi. Men ham gol urishimizni xohlayman, lekin shu golni uradigan hujumchi yetishmayapti. Futbolchilar gol ura olishmasa, o‘zim maydonga tushib o‘ynay olmayman-ku! Jamoamizga omad yetishmayapti.

Sizlarni ham to‘g‘ri tushunaman, tan olaman, natija yo‘q, tortishmoqchi emasman. Lekin sizlar ham to‘g‘ri tushuninglar. Ana, Chempionlar Ligasida “Al-Hilol” musobaqani tark etdi, ular kasallik bilan kurashishmoqda. Biz ham 4-5 oy futboldan chetda yurdik, virus yuqtirib oldik. Bizning virus yuqtirishimiz eng noqulay vaqtga to‘g‘ri keldi, Toshkentda markazlashgan o‘yinlar o‘tkazilayotgan paytda kasallandik. Keyin futbolchilarimizning ko‘pi ruhan sinib qolishdi.

Ushbu durang meni qoniqtirmaydi, shunchaki, yigitlarga borlarini berib o‘ynashgani uchun rahmat aytyapman. Umuman, raqibimiz “Nasaf” yaxshi jamoa, turnir jadvalida yuqori o‘rinlarda borayotgani bejiz emas.

Bizga vaqt beringlar, o‘zimizga kelib olgunimizcha sabr qilinglar. Keyin esa Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi haqida gapiramiz.

Endi nima qilish kerak? Ishlash, ishlash va yana ishlash kerak. Iste’fo haqidagi savolingizga javobim o‘sha-o‘sha: yashasak, ko‘raveramiz! Amaldagi shartnomam bor, buni sizlar bilan emas, rahbariyat bilan gaplashaman", — dedi Kanchelskis.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:30, 27.09.2020.
O'qildi: 3052 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.