Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese 2-0 Lechche
07/12 18:00 Elche 3-0 Jirona
07/12 19:00 Brayton 1-1 Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari 1-0 Roma
07/12 20:15 Valensiya 1-1 Sevilya
07/12 21:30 Fulhem 1-2 Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio 1-1 Bolonya
07/12 22:30 Espanyol 1-0 Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli 2-1 Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid 0-2 Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa
09/12 00:45 Torino - Milan
09/12 01:00 Vulverhempton - Man. Yunayted
09/12 01:00 Osasuna - Levante

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Jorjino trendda!

Angliyaning «Chelsi» klubi yarim himoyachisi Jorjino faoliyatini boshqa klubda davom ettirishga yaqin turibdi.

«Le10 sport» nashrining ma’lum qilishicha, italiyalik futbolchi bilan PSJ jiddiy qiziqib qoldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, uni qo‘lga kiritish uchun klub 40 million funt sarf etishga to‘g‘ri keladi.

«Liverpul» o‘z darvozaboni sotadi

Angliyaning «Liverpul» klubi Lorius Karius borasida yakuniy qarorga keldi.

"Kicker" nashrining ma’lum qilishicha, darvozabon tez orada Bundesliga klublarining biri bilan shartnoma imzolaydi.

Manbaning ma’lum qilishcha, kipperni «Union» klubi bir mavsumga ijaraga olishni rejalashtirmoqda.

«Lion»dan ortga qadam

Fransiyaning «Lion» klubi o‘z yarim himoyachisi Ussam Auarning transfer summasini kamaytirdi.

“Canal+” nashrining ma’lum qilishicha, «Lion» Prezidenti Jan-Mishel Ola Auar uchun 60 million emas, 40 million yevro to‘lashlari uchun rozi bo‘ldi.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Arsenal” tez orada «taqachilar»ga 40 million yevrolik taklifni rasman yuboradi.

PSJ uni olib qoladi

Parijning PSJ klubi Anxel Di Maria bilan o‘rtadagi shartnomani uzaytirish niyatida.

«Le Parisen» nashrining ma’lum qilishicha, 32 yoshli futbolchi bilan klub muzokaralarga kirishgan. Ma’lum bo‘lishicha, yangi shartnoma 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Di Maria PSJ sharafini 2015 yildan beri himoya qilmoqda. Uning hisobida 48 ta gol va 63 ta assist mavjud.

«Tottenhem»ga King kerak

Angliyaning «Tottenhem» jamoasi ustozi Joze Mourinyo «Bormunt» futbolchisini o‘z safida ko‘rishni istamoqda.

«The Telegraph» nashrining ma’lum qilishicha, Joze Mourinyo «olchalar» hujumchisi Joshua King bilan shartnoma imzolashni klubdan talab qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi bilan shuningdek «Manchester Yunayted» klubi ham qiziqib qolgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 12:33, 28.09.2020.
O'qildi: 8541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.