Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

«Bechora» «Tottenhem»

«Bechora» «Tottenhem»

Baho:
+ | -

Stadion.uz Joze Mourinyo boshchiligidagi «Tottenhem» jamoasining qay darajada zich taqvim ostida harakat qilayotgani haqida fikr almashadi.

COVID-19 Insonlarning hayot tarzining o‘zgarib ketishiga sabab bo‘ldi. Shu bilan birgalikda sport kalendarini ham umuman qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

Ingliz klublari mavsum davomida barchadan ko‘proq o‘yin o‘tkazishiga o‘rganib qolganmiz. APLda 38 ta tur. Chempionshipda esa 46 ta! Bundan tashqari Liga kubogi va Angliya kubogi musobaqalari ham muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Aslida, APL va Chempioship klublari avgustning ikkinchi haftasida maydonga qaytishadi, biroq pandemiya sababli rejalar tamomila o‘zgarib ketdi. Oqibatda, mavsumning ilk uchrashuvi 12 sentyabrga to‘g‘ri keldi. Futbolchilarning aksariyati terma jamoa o‘yinlaridan to‘g‘ri klub bazasiga yetib kelishdi. Bundan ko‘rinib turibdiki, ingliz klublarining taqvimidagi bir oy havoga uchib ketdi. O‘yinlar soni esa kamaytirilmadi. Keling ingliz klublari uchun taqvim qay darajada og‘ir kelganini «Tottenhem» misolida ko‘rib chiqamiz.

Birinchi epizod

17 sentyabr chorshanba. «Tottenhem» Yevropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichida to‘p surish uchun Bolgariyaga tashrif buyurmoqda. Raqib «Lokomotiv Plodviv». Uchrashuv «shporlar» uchun oson kechmadi. 71-daqiqada gol o‘tkazib yuborgach, Joze bor kuchini musobaqani qutqarib qolishga sarf etdi. Bosimga dosh bera olmagan bolgarlar ikkita qizil kartochka va penalti sababli musobaqani erta tark etishga majbur bo‘ldi. «Tottenhem» esa, juda katta kuch sarf etib Londonga g‘alaba bilan qaytdi.

Ikkinchi epizod

20 sentyabr yakshanba. Bolgariyadan uchib kelgach, jamoa ikki kun dam olib «Sautgempton»ga qarshi APL doirasidagi bahsda maydonga tushdi. Uchrashuv Son va Keyn uchun ataladi desak, adashmagan bo‘laman. 2:5 shimoliy London klubi foydasiga.

Uchinchi epizod

24 sentyabr. O‘yin yakunlangach, Joze shogirdlari bir kun dam olishdi va Yevropa Ligasi saralash bosqichi doirasidagi bahsda ishtirok etish uchun Makedoniya poytaxtiga uchib ketishdi. Atigi ikki sutka dam olgan futbolchilar Skopye shahrida «Shkendi»ning qarshiligini sindirishga majbur bo‘lishdi. Tan olish lozim, o‘yin Bolgariyadagidan og‘irroq o‘tdi. O‘yinning 70-daqiqasida tablodagi natija 1:1 ni ko‘rsatib turar, maydonda teng kurash davom etar edi. O‘yinning so‘nggi daqiqalaridagina Keyn va Son gol kiritib jamoasini keyingi bosqichga olib chiqdi. «Shkendi» : «Tottenhem» 1:3!

To‘rtinchi epizod

27 sentyabr sanasida klub «Nyukasl» bilan APL doirasida to‘qnash keldi. Afsuski, bu uchrashuvda Mourinyo o‘zi istagan futbolchilardan to‘liq foydalana olmadi. Yigitlardagi charchoq alomati 70-daqiqadan so‘ng ko‘zga tashlanishni boshladi. Yevropa Ligasidagi og‘ir uchrashuvlar sababli jamoa yetakchilarida charchoq ikki hissa paydo bo‘lgani tabiiy. Oqibatda, «shporlar» juda muhim bo‘lgan ochkolardan quruq qolishdi. «Tottenhem» -«Nyukasl» 1:1

Beshichi epizod

29 sentyabr. APL doirasida oson bo‘lmagan uchrashuvdan ikki kun o‘tib, bugun «shporlar» o‘z uyida «Chelsi»ni qabul qiladi. Angliya Liga Kubogi doirasidagi o‘yin musobaqaning markaziy uchrashuvi nomiga ega. Afisha ajoyib bo‘lishiga qaramay, Joze bu bahsda aralash tarkibda maydonga tushadi. Hatto, to‘liq ikkinchi tarkibni jangga tashlashi ham mumkin.

Oltinchi epizod

Gap shundaki, bugun bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan bahs yakunlangach, 46 soatdan so‘ng «Tottenhem»ni juda muhim uchrashuv kutib turibdi. Shomurdovning «Rostov» klubini mag‘lub etgan «Makkabi Xayfa» Londonda mehmon bo‘ladi. 1 oktyabr sanasiga rejalashtirilgan o‘yin Yevropa Ligasining guruh bahsiga yo‘llanma beradi. Bu musobaqa bugungi kundagi «shporlar» uchun juda muhim. Sababi, agar APL bahslarida kuchli to‘rtlikka kirishning imkoni bo‘lmasa, Yevropa Ligasi oltin medallari jonga oro kirishi aniq. Bu tryukni bir paytlar «benazir» «Manchester Yunayted» bilan amalga oshirgan edi.

Xulosa

Bu shunchaki «Tottenhem» jamoasining taqvimi edi xolos. Ayni damda, ingliz klublarining deyarli barchasi zich taqvimda to‘p tepishga majbur. Umid qilamizki, futbolchi, murabbiy va klub personal xodimlari oson bo‘lmagan davrni ortiqcha muammo va jarohatlarsiz yengib o‘tishadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:01, 29.09.2020.
O'qildi: 8664 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.