Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/04 00:00 Marsel 2-1 Lans
29/04 00:00 Betis 1-1 Sevilya
29/04 23:45 Jenoa - Kalyari
30/04 00:00 Barselona - Valensiya
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
30/04 05:00 Borussiya D - PSJ
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid
01/05 00:00 Bavariya - Real Madrid

APLning eng katta maosh oluvchi futbolchisi kim?

APLning eng katta maosh oluvchi futbolchisi kim?

Baho:
+ | -

Stadion.uz Sayyoramizning eng shiddatli ligasi sanalgan APL haqida fikr almashadi. Bugun ushbu musobaqada ishtirok etuvchi futbolchilar orasida eng katta maosh oluvchilari bilan yaqindan tanishtirib o‘tamiz.

5-o‘rin. Mesut O‘zil – “Arsenal”

London klubi muxlislarining barchasi Mesut O‘zilning bu qadar ulkan maoshga loyiq o‘yin namoyish etmaydi deb hisoblaydi.

O‘z vaqtida qahramonimiz «Real Madrid»da namoyish etgan super o‘yinini «tumanli albionda» namoyish eta olmadi. Ayniqsa, o‘tgan mavsumda uni deyarli maydonda ko‘rmadik. Mesut ajoyib futbolchi, biroq unda yetakchi emas.

Aynan shu omil sababli uning «kononirlar» safidagi faoliyati omadsiz ko‘rinish oldi. Qahramonimiz aytarli hech qanday vazifani uddalay olmasada, yiliga 16,6 million yevor maosh olmoqda. Bu ayni damdagi APLdagi 5-o‘rindagi ko‘rsatgich.

4-o‘rin. Pol Pogba – «Manchester Yunayted»

Pogbaning ahvolini ham Mesutnikidan yaxshi deb bo‘lmaydi. Amaldagi Jahon chempioni o‘z kuchiga va ertangi kuniga bo‘lgan ishonchni yo‘qotib qo‘ygandek go‘yo. Ayniqsa, Bruno Fernandesh kelgach, klub unga kamroq ishonch bildirishni boshladi. Agar Pogba o‘z darajasiga qaytib olmasa, tez orada yetakchilikni portugaliyalik jamoadoshiga topshirishiga to‘g‘ri keladi.

Uning «qizil iblislar» safidagi yillik daromadi 17,9 million yevroni tashkil etmoqda. Bu jamoadoshi Bruno Fernandeshnikidan ancha ko‘p degani!

3-o‘rin. Rahim Sterling -«Manchester Siti»

Sterlingning faoliyatini bemalol ikki qismga bo‘lish mumkin. Pep gvardiolaga qadar va undan keyingi qismlarga. Qahramonimiz faoliyatining birinchi qismida yorqin o‘yin namoyish etdi, ammo Pep Gvardiola qo‘l ostida super yulduz maqomiga erishdi. Pep undagi o‘ziga bo‘lgan ishonchni qayta oldi. Vaziyatlardan foydalanishda oqsamasligi uchun sof vingerga aylantirdi. Uning arsenalida barcha narsa mavjud. Tezlik, texnika, dribling, o‘yinni his etish va keskin uzatmalar. Umuman olganda, Sterlingning faoliyati ayni damda o‘zining pik nuqtasiga ko‘tarilgan.

Uning maoshi ham chakki emasligini sezgan bo‘lsangiz kerak. Qahramonimizning yillik maoshi 18,5 million yevroni tashkil etadi.

2-o‘rin. Kevin De Bryuyne – «Manchester Siti»

Ushbu ro‘yxatimizdagi o‘z maoshini ortig‘i bilan oqlayotgan yagona futbolchi bilan tanishing. Belgiyalik kamtarin yigit nafaqat «Siti»ning, balki butun APLning yuziga aylana oldi. Afsuski, unga Yevropa Chempionlar ligasi sovrini yetishmayapti. Agar Kevin bu musobaqada ham g‘alaba qozona olsa, futbol tarixidagi eng kuchli yarim himoyachilardan biriga aylandi.

Uning maoshi borasida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ayni damda, belgiyalik futbolchining bir yillik daromadi 19,8 million yevroga teng. David Alaba yiliga 20 million maosh talab qilayotgan bir paytda, Kevinga «Siti»da hech qanday e’tirozlar bo‘lmasa kerak. Yana kim biladi deysiz?!

1-o‘rin. David De Xea – «Manchester Yunayted»

Davidning «Real»ga yo‘l olishi haqida mish-mishlar paydo bo‘lgach, «qizil iblislar» uni klubda olib qolish yo‘llarini izlashga tushib ketishdi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so‘ng, «Yunayted» o‘z darvozabonini APLning eng katta maosh oluvchi futbolchisiga aylantirishga rozi bo‘ldi. Achinarlisi shundaki, klub David yangi shartnomaga ega chiqib o‘ziga bo‘lgan talabchanligini kamaytirib yubordi.

«Real Madrid»ga o‘ta olmagani, klubning YЕCHLdagi omadsiz ishtiroki va terma jamoadagi doimiy raqobat uni ruhan «sindirib» qo‘ydi. Aynan ruhiy tushkunlik sababli qahramonimiz o‘tgan mavsumni juda yomon o‘tkazdi. Kulguli xatolar, oddiy vaziyatdagi gollar, ishonchsiz nigoh va boshqa omillar sababli klub muxlislari oldidagi obro‘sidan ayrildi.

Ayni damda, «qizil iblislar» ispaniyalik kipper uchun yiliga 23,1 million yevro maosh to‘lamoqda. Yangi shartnoma sababli David eng katta maosh oluvchi futbolchiga aylandi. De Xea bu maqomga erishishi uchun jon kuydirgan agentiga o‘z minnadorchiligini bildirishi lozim.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 21:36, 29.09.2020.
O'qildi: 5575 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.