Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Frenk Lempard jamoa himoyachisi Antonio Ryudigerning "Tottenxem"ga o‘tishi haqidaga mish-mishlarga to‘xtalib o‘tdi.
"Yo‘q, ayni damda Ryudiger hech qayerga ketmaydi. Uning kelajagi? Men qandaydir taxmin qilishni istamayman", dedi murabbiy.
Avvalroq himochi xizmatiga "Roma" va PSJ klublari ham qiziqayotganligi haqida xabarlar tarqalgandi.