Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese 0-2 Milan
01/03 18:00 Elche 2-2 Espanyol
01/03 19:00 OKMK 0-1 Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem 2-1 Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted 2-1 Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo 2-1 Atalanta
01/03 19:00 Brayton 2-1 Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf 1-0 Xorazm
01/03 20:15 Valensiya 1-0 Osasuna
01/03 21:30 Arsenal 2-1 Chelsi
01/03 22:00 Torino 2-0 Lasio
01/03 22:30 Betis 2-2 Sevilya
02/03 00:45 Roma 3-3 Yuventus
02/03 01:00 Jirona 1-2 Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya
03/03 00:45 Udineze - Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid - Xetafe

Ijtimoiy tarmoqlar «qiroli» kim? (Top 10)

Ijtimoiy tarmoqlar «qiroli» kim? (Top 10)

Baho:
+ | -

Stadion.uz ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar soni bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatayotgan futbolchilar haqida fikr almashadi. Bugungi ro‘yxat futbolchilar tomonidan keng foydalanilayodgan «Instagram» tarmog‘idagi obunachilar soni bo‘yicha tuzib chiqildi.

10-o‘rin. Serhio Ramos

«Real» klubi himoyachisi kuchli o‘nlikni ochib beradi. O‘zining janjallarga moyiligi bilan dong taratgan «el-kapitano»ni turli ijtimoiy tarmoqlarda 80 milliondan ortiq inson kuzatib boradi. E’tiborlisi shundaki, obunachilar soni katta tezlikda ortib bormoqda.

9-o‘rin. Pol Pogba

Fransuz futbolchisi kichik farq bilan «Real» sardorini ortda qoldirmoqda. Pogba ushbu ro‘yxatdagi futbolchilar orasida vaqtining katta qismini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazishi bilan ajralib turadi.

8-o‘rin. Kilian Mbappe

Ushbu ro‘yxatimizdagi eng yosh futbolchi. Shunga qaramay, uning muxlislari soni juda katta tezlikda ortib bormoqda. Agar, kutilganidek Mbappe «Real»ga ko‘chib o‘tsa, bu son bir necha barobar ortib ketishi aniq.

7-o‘rin. Garet Beyl

Yangi mavsumni London klubida boshlagan Garet Beyl reytingimizning yettinchi o‘rnini band etmoqda. Uelslik futbolchining obunachilarining deyarli 70 foizi britaniyalik muxlislar.

6-o‘rin. Zlatan Ibrahimovich

Boshqa futbolchilardan farqli o‘laroq, Zlatan ijtimoiy tarmoqlarda oilaviy suratlar bilan o‘rtoqlashishni hush ko‘rmaydi. Shunga qaramay, 43,8 million muxlis uni kuzatib borishda davom etmoqda.

5-o‘rin. Marselo

Marselo esa, butkul Ibraning aksi. U o‘zining quvnoq kayfiyat beruvchi suratlarini baham ko‘rishni hush ko‘radi. Jamoadoshlari bilan quvnoq hazillar, oila davrasidagi kulguli holatlarni obunachilari bilan o‘rtoqlashadi.

4-o‘rin. Xames Rodriges

Kolumbiyalik futbolchi kuchli uchlikdan katta farq bilan ortda qolmoqda.

3-o‘rin. Neymar

Braziliyalik futbolchini muntazam kuzatib boruvchilar soni 140 millioni tashkil etadi. Neymar o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali yaxshigina daromad qilishni yo‘lga qo‘ygan. Uning asosiy hamkorlari ham futbolchining instagramdagi postiga o‘z mahsulotini joylashtirishmoqda.

2-o‘rin. Leonel Messi

Argentinalik futbolchini Instagram tarmog‘ida 163 million million obunachi kuzatib boradi. Messi ham o‘z akkauntidan tijorat masalasida foydalanishga intiladi. Bundan tashqari, Leo oila davrasidagi suratlarini ham obunachilari bilan o‘rtoqlashishni kanda qilmaydi. 

1-o‘rin. Krishtianu Ronaldu

Portugaliyalik futbolchi bu borada mutlaq yetakchi. Uning obunachilari soni sayyoramizdagi barcha sportchilarnikidan ko‘p. Qahramonimiz obunachilari soni bo‘yicha faqat Instagramning rasmiy sahifasidangina ortda.

Shuningdek sobiq futbolchila ham bu borada peshqadamlik qilmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:12, 30.09.2020.
O'qildi: 9043 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.