Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/10 21:30 Napoli 3-1 Komo
04/10 23:45 Verona 2-1 Venetsiya
05/10 00:00 Leganes 0-0 Valensiya
05/10 16:30 Kristal Pelas 0-1 Liverpul
05/10 17:00 Espanyol 2-1 Malyorka
05/10 18:00 Udineze 1-0 Lechche
05/10 19:00 Arsenal 3-1 Sautgempton
05/10 19:00 Brentford 5-3 Vulverhempton
05/10 19:00 Lester 1-0 Bornmut
05/10 19:00 Vest Xem 4-1 Ipsvich
05/10 19:00 Manchester Siti 3-2 Fulhem
05/10 19:15 Xetafe - Osasuna
05/10 21:00 Atalanta - Jenoa
05/10 21:30 Las-Palmas - Selta
05/10 21:30 Valyadolid - Rayo Valyekano
05/10 21:30 Everton - Nyukasl
05/10 23:45 Inter - Torino
06/10 00:00 Real Madrid - Vilyarreal
06/10 15:30 Yuventus - Kalyari
06/10 17:00 Jirona - Atletik Bilbao
06/10 18:00 Bolonya - Parma
06/10 18:00 Lasio - Empoli
06/10 18:00 Chelsi - Nottingem Forest
06/10 18:00 Aston Villa - Man. Yunayted
06/10 19:15 Alaves - Barselona
06/10 20:30 Brayton - Tottenhem
06/10 21:00 Monsa - Roma
06/10 21:30 Sevilya - Betis
06/10 23:45 Fiorentina - Milan
07/10 00:00 Real Sosyedad - Atletiko

Futbol afsonalari to‘p tepgan Shomurodovning yangi jamoasi haqida

Futbol afsonalari to‘p tepgan Shomurodovning yangi jamoasi haqida

Baho:
+ | -

Stadion.uz vatandoshimiz – Eldor Shomurodov bilan shartnoma imzolagan «Jenoa» klubi tarixi bilan tanishtirib o‘tadi.

Klub tarixi

Ushbu klub tarixi 1893 yilga borib taqaladi. Aynan o‘sha yili bu klub tashkillashtirilgan bo‘lib, avvaliga kriket jamoasi sifatida faoliyat olib borgan. Shuningdek, yengil atletika bo‘yicha musobaqalarda ham ishtirok etgan. 1987 yilga kelib, Angliyadan ko‘chib kelgan Jeyms Richardson Spensli ilk futbol to‘garagini klub bazasida ochadi.

1898 yilga kelib, klub Italiya chempionatida debyut qiladi. O‘zining ilk uchrashuvini «Torino»ga qarshi o‘tkazgan jamoa g‘alaba qozonadi va katta futbolga dadil qadamlar bilan kirib keladi. E’tiborlisi shundaki, klub o‘zining ilk mavsumidayoq Italiya chempionligini qo‘lga kiritadi. Keyinroq «Jenoa» 1899-1900 yillarda jamoa bu tryukni takrorlaydi va qisqa muddatda Italiyadagi eng sovrindor jamoaga aylanadi.

1908 yilga kelib, klub og‘ir zarbaga uchraydi. Gap shundaki, Italiya futboli rahbarlari chempionat o‘yinlarida legionerlarning to‘p surishini man etadi. Jamoaning deyarli 90 foizi xorijlik futboldan tashkil topgan «Jenoa» juda og‘ir ahvolda qoladi. Shu sababli, «Jenoa» Italiya chempionatida ishtirok eta olmadi. Kelasi mavsumda ushbu limit olib tashlangach, «Jenoa» yana katta musobaqaga qaytadi.

Birinchi jahon urushi yakunlangach, klubni deyarli qayta shakllantirishga to‘g‘ri keladi. Jamoaning asosiy futbolchilari urushdan qaytib kelmagach, 1922 yilga kelibgina o‘z mavqeyini tiklab olishga muvaffaq bo‘ldi. 1922/23 yilgi mavsumda klub so‘nggi bor Italiya chempionatining oltin medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa, bir bor kumush medallarga ega chiqdi xolos.

Ikkinchi jahon urushi ham klub tarixida qora iz qoldirgan desak, adashmagan bo‘lamiz. Sababi, aynan ikkinchi jahon urushi davrida klub o‘z yetakchilari va homiylaridan ayrildi. Shu bois, keyinchalik avvalgi darajasini tiklab olishning imkoni bo‘lmadi.

1950-60 yillarda jamoa aytarli hech qanday natijaga erisha olmadi. 1970 yilga kelib esa, klub “C Seriya”ga tushib ketdi. Oradan 4 yil o‘tibgina klub yana elitaga qaytdi. Umumiy qilib aytganda, 1970-90 yillar oralig‘ida «Jenoa» muxlislari «ro‘shnolik» ko‘rmadi. Moliyaviy qiyinchiliklar va yetakchilarning boshqa klublarga o‘tib ketishi ortida jamoa katta talofat ko‘rishda davom etdi.

Jamoaning yangi davri ayni damda “Atalanta” bilan mo‘’jiza ko‘rsatayotgan Jan Pyer Gasperini qo‘l ostida start oldi. 2006 yilda jamoa tepasiga kelgan murabbiy «Napoli» bilan birgalikda “A Seriya” yo‘llanmasini qo‘lga kiritadi va «Jenoa»ni elitaga qaytaradi.

2008/09 yilgi mavsumda jamoa Argentinalik hujumchi Diyego Militoni o‘z safiga qo‘shib oladi. Aynan shu transfer klubning Italiyadagi mavqeyini bir muncha tiklab olishi uchun yordam beradi. Milito kelgach, klub YECHL yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi. So‘nggi turlardagi ikkita mag‘lubiyat sababli klub musobaqani 5-o‘rinda yakunlashga majbur bo‘ladi. Jamoaga hal qiluvchi uchrashuvlarda sovuqqonlik yetishmadi. Omadli mavsumdan so‘ng, Militoni Joze Mourinyo «Inter»ga taklif qildi. Argentinalik futbolchi Milan klubi safida oltin treblni qaytd etgani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.

Klub erishgan yutuqlari

9 bor Italiya chempionligi: 1898, 1899, 1900, 1902, 1903, 1904, 1914/15, 1922/23, 1923/24

4 bor vise chempion: 1901, 1905, 1927/28, 1929/30

«B seriya» chempionligi: 1934/35, 1952/53, 1961/62, 1972/73, 1975/76, 1988/89

“C seriya” chempioni: 1970/71

Italiya kubogi chempionligi: 1936/37

Italiya kubogi finalchisi: 1939/40

MItropa Kubogi chempioni: 1989/90

Alp Kubogi sohibi: 1961/62, 1963/64

UYEFA Kubogi: 1991/92 yarim final

Klub tarixida to‘p surgan mashhur futbolchilar

Ushbu ro‘yxatni klubni tashkil etgan ingliz futbolchisi Jeyms Richardson Spenslidan boshlash o‘rinli bo‘ladi. Shuningdek klub safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan meksikalik darvozabon - Jovanni De Prani ham alohida yodga olish lozim. 1919-1933 yillar oralig‘ida «Jenoa»ning ulkan g‘alabalariga hissa qo‘shgan kipperning hisobida 304 ta o‘yin mavjud. Klub tarixida o‘zidan iz qoldirgan yana bir meksikalik Feliche Lavratto ham e’tiborga molik shaxs. Qahramonimiz jamoa sharafini 188 ta o‘yinda himoya qilgan bo‘lib, o‘z hisobiga 84 ta gol yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan. O‘tmishning yana bir buyuk futbolchisi Bruno Konti ham 4 mavsum davomida «Jenoa» sharafini himoya qilgan. Yaqin o‘tmishning yulduzlari uchun ham bu jamoa begona emas. «Milan» afsonasi Kaxa Kaladze, «Inter» bilan trebl qayd etgan Diyego Milito, Ernan Krespo, Migel Velozo, afsonaviy darvozabon Sebastian Frey, Stefan El-SHaaravi va Alberto Jilardinolar Eldor Shomurodning klubi libosida maydonga tushgan.

Ayni damdagi yulduzlar

«Jenoa» jamoasining bugungi kundagi tarkibi ham chakki emas. Futbolchilar ro‘yxatiga qarar ekansiz, bir nechta mashhur futbolchilarga ko‘zingiz tushishi aniq. Misol uchun yaqindagina «Yuventus»dan «Genoa» tarkibiga o‘tgan darvozabon Mattia Perin o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish. «Milan»dagi o‘yinlari bilan yaxshi tanish bo‘lgan himoyachi Kristian Sapata ham bugungi kunda Eldorning jamoadoshi sanaladi. “Ayaks” bilan mo‘’jiza ko‘rsatgan, «Real» va «Yuventus»ni musobaqadan chiqarib yuborgan klubning sobiq sardori Lasse Shone ham tez orada Eldor bilan bir tarkibda maydonga tushadi. Shuningdek, «Chelsi»da o‘zini ko‘rsata olgan Dzapakosta ham yangi mavsumni Eldor Shomurodov bilan o‘tkazadi. Bundan tashqari, transfer huquqi «Yuve»ga tegishli bo‘lgan Marko Pyatsa, Shveysariya terma jamoasi afsonasi Valon Behrami, Makedoniya futboli afsonasi Goran Pandevlar ham ayni damda «Jenoa» futbolchisi sanaladi. Shomurodov asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun Mattia Destro, Klaudio Spineli, Darian Meles va Joyel Asorolar bilan kurash olib borishiga to‘g‘ri keladi. «Jenoa» klubi tarkibining bugungi kundagi umumiy qiymati 122,54 million yevroni tashkil etadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:36, 02.10.2020.
O'qildi: 7428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.